Yuraklarda yaşayotgan şoir
Adabiyot... u şunday bir dunyoki, unda turfa xil taqdirlar, turfa xil maşaqqatlar va turfa xil totli lahzalar bor. Bu holatni faqatgina haqiqiy şoir tuşunadi. Bu – ijod maşaqqati, şu barobarida ijoddan bahra oliş zavqi.
Mana şu adabiyot dunyosida, har bitta dilda va özbek deb atalgan osmonqalb millatning yuragida öçmas iz qoldirgan bir uluğ şoir bor...
U inson - Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf.
Menga yering suyuk,
osmoning suyuk.
Boqsam teng,
törttala
tomoning suyuk.
Tovonimga kirgan
tikoning suyuk –
kaftdan zirapçang ham
olmay sevaman...
Baʼzida ön-yigirma bandli şeʼrlardan topolmagan mohiyatlarni mana şu oddiygina xalqona satrlardan topganday bölamiz.
Muhammad Yusuf, garçi u oramizda bölmasa ham sevimli şeʼrlari dilimizda, şoirning yodi esa yuragimizda yaşayveradi. Şoirning şeʼrlarini tinglaganimizda yoki uning şeʼrlarini hofizlar kuyga solib aytganlarida, boşqaça bir hayajon bilan tebranib-tebranib eşitamiz. Çunki bu kuylarning har bitta sehrli baytida Vatan bor, özbeklarga xos bölgan oriyat, çin muhabbat, sadoqat kabi bebaho tuyğular mujassam. Şuning uçun ham bu osmoniy baytlar öla-ölgunimizça buyuk va suyuk bölib qolaveradi!
Bahor, unda oçilgan har bitta çeçak, ariqböyida suvga egilib turgan xuşböy yalpiz, şoir sevgan, bağri alvon lolaqizğaldoq... Hamma-hammasi şoirni eslatadi, Vatanimning yöllarida, har hovuçi oltin bu tuproqlarda şoirning izlari bor. Demak, şoir tirik, u ölmagan, şeʼriyat uçun jonfido bölgan har bitta yurakda abadiy barhayot!
Aziza MADRAHIMOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶