QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI MAHALLA VA OILANI QOʻLLAB-QUVVATLASh VAZIRI S.TURMANOV TUMANIMIZ MAHALLALARIDA BOʻLDI
Obodlik bor joyda taraqqiyot boʻladi, sogʻlom turmush tarzi qaror topadi. Jamiyat hayotida sogʻlom turmush tarzi hukmron boʻlar ekan, mamlakatning kelajagi boʻlgan yangi avlod barkamol voyaga yetadi. Har bir sohada buyuk oʻzgarishlar yasaladi, har qarich yerda sogʻlom hayot nafasi ufurib turadi. Shu bois, muhtaram Prezidentimiz yurtimizni bogʻ-u chamanga aylantirish, har bir mahalla, har bitta xonadon hududini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish xususida deyarli har bir chiqishida, xalq oldidagi uchrashuvlarida, xalq bilan muloqotlarida tez-tez taʼkidlaydilar.
Ayni paytda esa butun mamlakatimiz boʻylab “Jonajon yurtim obodligiga oʻz hissamni qoʻshaman!” shiori ostida barcha mahallalarda, har bir koʻcha va xonadonda fayzli, goʻzal va koʻrkam, obod va sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida xalqimiz tomonidan keng miqyosli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining 2020-yil 9-iyundagi kengaytirilgan videoselektor yigʻilishi 4-son bayonnomasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Jonajon yurtim obodligiga oʻz hissamni qoʻshaman!” shiori ostida Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahallalaridagi xonadonlar va koʻchalarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish boʻyicha 2020-yil iyun-avgust oylarida amalga oshiriladigan keng qamrovli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Bu boradagi ishlarni qatʼiy nazoratga olish va amaliy faoliyat yuritishni tashkil etish boʻyicha masʼullar biriktirildi.
Joriy yilning 12-iyun sanasida tumanimiz mahallalarini obod va koʻrkam goʻshalarga aylantirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan tumanimizga biriktirilgan masʼullar ovul va mahallalarda boʻlishdi. Ular hududlarda ishchi guruhlar faoliyatini samarali tashkil etish, nuroniylar jamoatchilik Kengashi aʼzolari ishtirokida tashkiliy yigʻilishlar oʻtkazish, ushbu yigʻilishda tuman masʼullarini fuqarolar yigʻinlariga biriktirish, ularning vazifalarini tushuntirish, seminarlar oʻtkazish jadvallari hamda mahallalarda tuziladigan ishchi guruhlarining vazifalari yuzasidan zarur tushunchalar, tavsiyalar berdilar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri Sogʻindiq Turmanov rahbarligidagi masʼullar – vazirning birinchi oʻrinbosari M.Ahmedova, vazir oʻrinbosarlari Sh.Usnatdinov va O.Turdiboyevlar tumanimizning Choykoʻl va Qilichboy ovul fuqarolar yigʻinlarida boʻlishib, “Jonajon yurtim obodligiga oʻz hissamni qoʻshaman!” shiori ostida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar hamda belgilangan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdilar. Shu barobarida mazkur ovullarda 2020-yil iyun-avgust oylarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar jadvalini koʻrib chiqdilar. Shu asosida amalga oshiriladigan ishlar mahallalar kayvonilari, nuroniylar hamda koʻcha boshchilari koʻpqavatli uylar boshliqlari, ovul oqsoqolining maslahatchilari, ishchi komissiyalari va jamoatchilik tuzilmalari aʼzolari, “Keksalar maslahati” guruhlari aʼzolari, faollari hamda aholi vakillari bilan obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borish yuzasidan maslahatlar, tavsiyalar berdilar.

- Obodlik bor joyda qut-baraka, rivojlanish va biri-biridan goʻzal oʻzgarishlar boʻladi, - dedi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri S.Turmanov Choykoʻl ovuli nuroniylari bilan boʻlgan uchrashuvda. – Keksa otaxon va onaxonlarimiz tongda turib, hovli-joyni supirib-sidirish, gulzorlar barpo etish, oqar suv yoʻllarini tozalash, atrofga suv sepish inson uchun naqadar foydali ekanligini har kuni, har lahza farzandlariga, nevaralariga tushuntirib borishi atrof-muhitimizning toza va koʻrkamligini oshiradi, farzandlarimizda masʼuliyat hissini uygʻotadi. Jamiyatda sogʻlom turmush tarzi qaror topishiga imkon yaratadi.
Shu kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri S.Turmanov rahbarligidagi masʼullar Choykoʻl va Qilichboy ovullaridagi obodonlashtirish va koʻkamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida ovullar nuroniylari bilan birgalikda koʻchalarni, biri-biridan obod va fayzli xonadonlarni koʻzdan kechirdilar. Uylarning fasad qismlarini obodonlashtirish, taʼmirlash, yoʻl boʻylariga gul koʻchatlari oʻtqazish yuzasidan zarur topshiriq va tavsiyalar berdilar.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶