QULOQChINLAR FOYDALIMI YoKI ZARARLI?..
Hozirgi kunda yoshlar orasida quloqchin taqish urfga aylangan. Lekin quloqchinlarning foydasi kattami yoki zararimi, buni oʻylab ham koʻrishmaydi.
Quloqchinni birinchi boʻlib, boshqalarga halaqit bermasdan musiqa tinglash maqsadida Nataniel Bolduin ixtiro qilgan. Hozirgi kunda esa yoshlar bunga mukkasidan ketgan. Baland tovush eshitish organi bilan birga asab tizimiga ham taʼsir qiladi.
Tovush bosimi darajasi desibellarda oʻlchanadi. 10 desibeldan 30 desibelgacha boʻlgan tovush quloq hujayralarining normal ishini, yaʼni eshitishini taʼminlaydi. Mutaxassislarning maʼlumotlariga qaraganda, quloqchinlar 70-90 gesibeldan 100 desibelgacha tovush uzatadi. Bunday baland tovush eshitish organi hujayralari bilan birga koʻrish organi hujayralariga ham taʼsir qilar ekan. Eshitish hujayralari esa asta-sekin nobud boʻladi, keyinchalik ularni tiklab boʻlmaydi. Tolalarning yarmidan koʻpi halok boʻlsa, inson koʻr boʻlib qolishi ham mumkin.
Koʻpchilik yoshlar piyoda yoki velosipedda harakatlanayotganda quloqchinlardan foydalanadi. Baʼzida avtomobil yoʻllaridagi katta halokatlarga ham quloqchinlar sabab boʻladi. Quloqchinlar shu kabi salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi tufayli bu boʻyicha taʼlim maskanlarida oʻquvchilarga tushuntirilishi zarur.
Mening fikrimcha, maʼlum joylarda “Quloqchin ishlatish mumkin emas!” degan ogohlantirish belgisi va yozuv ham qoʻyilsa, natija yomon boʻlmasdi.
Gulsara Yusupova,
38-sonli maktabning biologiya fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶