XIRMON TÖLIB, TÖKILDI DON
Dehqon mehnatining samarasi xirmonda bilinadi, deydilar. Yetiştirilgan hosilni nest-nobud qilmay yiğiştirib oliş, zahira omborlariga taşiş va uni talofatsiz, sifatli saqlaş – hosil xirmonining salmoğini yanada oşiriş imkonini beradi. Bu borada “Taxiatoşdon mahsulotlari” AJ bilan tumanimiz fermer xöjaliklari örtasida har yili tuman hokimining qarori asosida kontraktatsiya şartnomalari tuzilib, “Manğit don” filiali omborxonasi don mahsulotlarini qabul qiliş va sifatli saqlaş uçun tayyorlab qöyiladi. Çunki dehqonlar yetiştirgan hosilning sifat va salmoği köp jihatdan ğallani qabul qiliş va saqlaş böyiça olib boriladigan çora-tadbirlarga boğliq.
2020-yil hosili uçun tuman hokimining qaroriga asosan “Taxiatoş don mahsulotlari” AJ bilan tumanimizdagi 332 ta fermer xöjaliklari örtasida 6465 tonna tovar don va 700 tonna uruğlik buğdoy – jami 7303 tonna ğallani qabul qiliş va sifatli saqlaş böyiça öz vaqtida kontraktatsiya şartnomalari tuzildi va “Manğit don” filiali 2020-yil hosilini qabul qiliş mavsumiga öz vaqtida taxt qilib qöyildi.
Yonğinga qarşi kuraş jamiyati tuman hududiy bölinmasi tomonidan filial omborxonasida yonğindan himoya qiluvçi maxsus suyuqlik bilan yoğoç qurilmalarga işlov berilib, omborxona bölmalari birlamçi öt öçiriş vositalari bilan töliq taʼminlandi.
Eʼtiborlisi şundaki, ğallani qabul qiliş maskanidagi tarozi, laboratoriya asbob-anjomlari davlat qiyoslaş körigidan ötkazilib, qayd qiliş kitobçalari taxt qilib qöyildi. Ğallani quritiş maydonida muammo bölmasligi uçun yoritiş tizimlari texnik nazoratdan ötkazildi.
Işçilar uçun namunali mehnat va dam oliş şaroiti yaratilişiga alohida eʼtibor qaratildi. Yuviniş va dam oliş xonalari sifatli taʼmirlandi. Şu bois, ğallani qabul qiliş maskanida işlar köngildagidek olib borilmoqda.
Xususan, kelgusi yil hosili uçun uruğlik tayyorlaş tsexi va uruğlikni saqlaş omborxonalari Özbekiston Respublikasi “Don mahsulotlarini himoya qiliş ekspeditsiyasi” DUK tomonidan kimyoviy preparatlar vositasida dezinfektsiya va fumigatsiya qilinib, uruğlik buğdoy navlarini alohida qabul qiliş va saqlaşda maxsus tösiqlar örnatilgani işçilar va mutaxassislar uçun qulaylik yaratmoqda. Yuklaş texnikalari va uzatiş anjomlari sifatli taʼmirlangani, ehtiyot qismlar zahirasi yaratilgani esa işimizda sifat va samaradorlik oşişini taʼminlayotir.
Ğallani qabul qiliş maskanida faoliyat yuritayotgan har bir işçi va mutaxassis pandemiya şaroitida joriy etilgan karantin qoidalariga qatʼiy amal qilişi uçun zarur antiseptik vositalar, tibbiy niqob va qölqoplar bilan taʼminlangan. Işçi va mutaxassislarning harorati maxsus asbob yordamida tibbiyot xodimlari tomonidan ölçab körilgaç, işlaşga ruxsat berilayotgani, har bir insonning bexavotir, soğ-salomat işlaşiga imkon bermoqda.
Bu yilgi “qirmizi don” karvonini Qipçoq MMTPga qaraşli “Jumamuratov Şokir”, “Oq oltin” MMTP tasarrufidagi “Kenjayeva Şahlo”, Qiliçboy MMTPdan “Rajapov Omonboy” fermer xöjaliklari boşlab berişdi.
Şunisi eʼtiborliki, tumanimizdagi 4 ta sektor hududidagi barça fermer xöjaliklarida örim-yiğim işlari belgilangan tartib-qoidalar asosida olib borilmoqda va ğallani qabul qiliş maskanimizga talofatsiz yetkazilmoqda. Maromida pişib-yetilgan ğalla mahsuloti “Daladan – umumiy xirmonga” tamoyili asosida peşma-peş yetkazib berilayotgani bois, tumanimizning ğalla xirmoni kun sayin yuksalmoqda. Har bir sektor hududidan kuniga yillik 12-15 foiz, yaʼni tuman böyiça bir kunda 900-912 tonnadan ziyod ğalla mahsuloti tayyorlanib, “Manğit don” filiali omborxonasiga yetkazib berilmoqda.
Tumanimiz ğallazorlarida hosil örim-yiğimi esa avj pallada. Mehnatkaş va lafzi halol dehqonlarimiz qisqa fursatlarda 2020-yilning yuksak “qirmizi don” xirmonini yaratiş maqsadida fidoyilik bilan mehnat qilişmoqda.
Ikrom KENJAYeV,
“Taxiatoş don mahsulotlari AJ “Manğit don” filiali rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶