17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 15:37
Jamiyat 👁 235

SEKTORLAR RAHBARLARI VA YoShLAR UChRAShUVI OʻTKAZILDI

SEKTORLAR RAHBARLARI VA YoShLAR UChRAShUVI OʻTKAZILDI

Tumanimizda “Yoshlar oyligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda va ularda yoshlar katta qiziqish bilan ishtirok etishmoqda.
Shu yilning 25-iyunida ushbu oylik doirasida yoshlar bandligini taʼminlash, muammolarini oʻrganish, fikr va takliflarini tinglash, ularni qoʻllab-quvvatlash hamda munosib sharoit yaratish maqsadida “Sektor rahbarlari va yoshlar” nomli uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda 4 ta sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, korxona, tashkilotlar rahbarlari, tumanimizdagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, faol yoshlar ishtirok etdilar.

Yigʻilishni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochdi hamda yigʻilish maqsadi bilan tanishtirib oʻtdi. Kun tartibidagi masala boʻyicha soʻzlagan nutqida mamlakatimizda yoshlarning yuksak marralarni egallashlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, cheksiz imkoniyatlar haqida toʻxtalib, yoshlarni oʻqib, bilim olishga, shijoat bilan olgʻa intilishga hamda Vatan xizmatiga yaraydigan munosib farzand boʻlishga daʼvat qildi. “Erishgan yutuqlarimiz oʻzimizniki, biz xato va kamchiliklarni oʻrganib, ularni bartaraf qilishga harakat qilmogʻimiz kerak!” degan fikrni barcha yoshlar hayotiy shior qilib olishi kerak, deya taʼkidladi. Shuningdek, bilimga chanqoq, izlanuvchan tumanimiz yoshlari haqida oʻzining samimiy fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shundan soʻng, soʻz tuman prokurori, adliya maslaxatchisi Javlon Muftullayevga berildi. Maʼruzachi oʻz soʻzida hozirgi kunda tumanimizda yoshlar, xususan, kollej bitiruvchilarining bandligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqarish korxonalari, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari sonini koʻpaytirib, yangi ish oʻrinlarini yaratishga harakat qilinayotganligini  aytib oʻtdi. Yoshlarni  buyuk ajdodlar farzandi ekanligini unutmaslikka chaqirdi. Har birining ilm-fan choʻqqilarini puxta egallab, ularga munosib avlod boʻlishi lozimligini alohida taʼkidladi. Shuningdek, muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida ilm-maʼrifatning inson hayotidagi ahamiyati haqidagi fikrlariga toʻxtalib, bularning barchasi isbot talab qilmaydigan haqiqat ekanligini eʼtirof etdi.

Maʼruzalardan soʻng, yoshlarning muammolari va takliflari atroflicha tinglandi. Amudaryo melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-xunar kolleji bitiruvchisi Hilola Jabborberganova tumanimizda temir yoʻl chiptalarini sotishni yoʻlga qoʻyishi uchun amaliy yordam berishini, Amudaryo qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Temur Yoʻldoshev hunarmandchilik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda zarur boʻladigan asbob-uskunalar sotib olish uchun imtiyozli kredit olishda amaliy yordam soʻrab murojaat qildi.

Amudaryo transport va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji bitiruvchilari  Dostonbek Iskandarov ipak qurtini parvarishlash, Muhammadjon Bobojonov akfa romlari ishlab chiqarish tsexi qurish uchun yer maydonini ajratib berish, Amudaryo qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Shahnoza Tangirberganova tikuv mashinasi xarid qilishga kredit olishda amaliy yordam soʻradi.

Shuningdek, tumandagi kasb-hunar kolleji bitiruvchilaridan ayrimlari egallagan  mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashishda amaliy koʻmak, oʻn nafardan ortigʻi esa parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik va xizmat koʻrsatish sohalarida oʻzlarining tadbirkorlik faoliyatini tashkil etmoqchi ekanliklarini bildirib, yordam va yoʻl-yoʻriq soʻradilar.

Yoshlar bandligini taʼminlash, muammo va takliflarini oʻrganish, ularni qoʻllab-quvvatlash hamda munosib shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida oʻtkazilgan “Sektor rahbarlari va yoshlar” uchrashuvi soʻnggida yoshlar tomonidan bildirilgan barcha taklif va muammolarning tegishli yechimini topishga erishish, belgilangan muddatda bajarilishi boʻyicha zarur choralarni koʻrish yuzasidan tegishli tadbirlar amalga oshirilishi maʼlum qilindi.


Oygul Rajabova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019