EHTIYoJMAND OILALAPGA QOPAMOL TAPQATILMOQDA
Dunyoning 200 dan ziyod mamlakatini qamrab olgan koronavirus pandemiyasi mazkur hududlarda koʻpgina faoliyat turlarining toʻxtatib qoʻyilishiga, oqibatda esa ishsizlar sonining oʻsishiga, yordamga muhtoj oilalar sonining ortishiga sabab boʻlmoqda. Natijada bugungi kunda koʻpgina davlatlarda kambagʻallikning oshishi, oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi vujudga kelayapti.
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash va uning tarqalib ketishining oldini olish borasida oʻrnatilgan karantin tartib-qoidalariga koʻra mamlakatimizda ham ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish sohalarining koʻpgina turlariga cheklovlar oʻrnatildi. Natijada koʻpgina odamlar topayotgan daromadidan ayrildi, mavsumiy ishlarda ishlovchilar, xorijiy davlatlarda ishlayotgan mehnat migrantlari karantin tufayli uylarida qolishga majbur boʻldilar. Biroq ular eʼtibordan chetda qolgani, muhtoj qilib qoʻyilgani yoʻq. Xususan, aholiga manzilli yordam koʻrsatish maqsadida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvtlash vazirligi huzurida Xayriyalarni muvofiqlashtirish markazi tashkil etildi va ehtiyojmand oilalar murojaatlari asosida ularga zarur moddiy yordam berib kelindi.

Shuningdek, muhtaram Yurtboshimizning shu yil 20-aprel kuni “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatini yoʻlga qoʻyish, vaqtincha ishsiz va yordamga muhtoj oilalarni aniqlab, ularni manzilli asosda oziq-ovqat va zarur hollarda dori-darmon vositalari bilan taʼminlash yuzasidan ilgari surgan tashabbusiga muvofiq, 22-aprelda Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga koʻra, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi, uning Qoraqalpogʻiston Pespublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, hamda tuman, shahar boʻlinmalari tashkil etilgan, jamgʻarma toʻgʻrisida Nizom tasdiqlangan edi. Bu saʼy-harakatlar natijasida karantin cheklovlari davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlib qolgan koʻp farzandli oilalarga, nogironligi boʻlgan shaxslarga, oʻz daromadini yoʻqotgan vaqtincha ishsiz fuqarolarga moddiy koʻmak berilayapti. Jamgʻarma mablagʻlari esa tadbirkorlarning, saxovatpesha insonlarning xayriyalari hisobiga shakllanmoqda.
Jamiyatimizni harakatlantiruvchi kuch – inson omiliga eʼtibor tobora kuchaytirilayotgan davrda koronavirus pandemiyasi tufayli uch oydan ziyod vaqtdan beri ishsiz qolib, daromad topolmay, iqtisodiy qiyin vaziyatga tushib qolgan, nogironligi boʻlgan oilalar, yakka-yolgʻiz yashovchi keksalar ijtimoiy himoyasi tobora kuchaytirilmoqda. Bunda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari maqsadli yoʻnaltirilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tumanimizdagi 49 ta ovul, mahalla fuqarolar yigʻinlaridan kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, sharoiti ogʻir 100 ta oila roʻyxati shakllantirilib, har biriga jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 3,5 mln. soʻmlik qoramol sotib olinib, tarqatilmoqda.

Shu yilning 26-iyunigacha ushbu roʻyxati shakllantirilgan 100 ta oilaning 36 tasiga qoramol tarqatildi. Qoramollarni tuman hokimining oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshev, boʻlim masʼul xodimi Bahodir Boltaboyevlar topshirdilar.
Shuningdek, ehtiyojmand, imkoniyati cheklangan fuqarolar xonadonlari har oyda kundalik roʻzgʻor uchun zarur mahsulotlar bilan ham taʼminlanmoqda. Bu saʼy-harakatlarda yurtdoshlarimizning mustahkam hamjihatligi, bir-birining tashvishiga yelkadoshligi, borini birga baham koʻrishdek azaliy qadriyatlari yana ham yaqqol namoyon boʻlayotir.
Pandemiya jilovlansa, bu sinovli kunlar ham, albatta, oʻtib ketadi. Biroq ana shunday ogʻir damlarda xalqimizning bir-biriga koʻrsatgan mehr-oqibati, odamgarchiligi va gʻamxoʻrligi unutilmaydi, mamlakatimiz tarixida oʻchmas sahifa boʻlib qoladi.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶