Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat xizmatlaridan xabardormisiz?
Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan Davlat xizmatlari koʻrsatishni takomillashtirish maqsadida “Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-mayda 327-sonli qarori qabul qilindi. Qaror bilan farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqani tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti;
dafn marosimi uchun nafaqa tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti;
pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjudligi haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti;
pensiya va nafaqa miqdori toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlangan.
Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa va dafn marosimi uchun beriladigan nafaqalarni tayinlash yuzasidan murojaatlar boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni toʻliq avtomatlashtirilgan tizim orqali byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining maʼlumotlar bazasi “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilingan holda amalga oshirilmoqda.
Fuqarolarning pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjudligi haqida va pensionerlarning pensiya va nafaqa miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni toʻliq avtomatlashtirilgan.
Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa va dafn marosimi uchun beriladigan nafaqalarni tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq tugʻilgan bolaning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar Davlat xizmatlari markazlari orqali bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tayinlash yuzasidan murojaat qilishlari mumkin.
Davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bola tugʻilgan kundan boshlab, 6 oy muddat ichida murojaat qilingan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan koʻrsatiladi va nafaqa puli nafaqa yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot tomonidan toʻlanadi.
Dafn marosimi uchun nafaqa tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti boʻyicha dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxslar Davlat xizmatlari markazlari orqali dafn marosimlarini oʻtkazish uchun beriladigan nafaqa pulini tayinlash yuzasidan murojaat etishlari mumkin va Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya tomonidan koʻrsatiladi va nafaqa puli nafaqani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot tomonidan toʻlanadi.
Pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjudligi haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha hamda Pensiya va nafaqa miqdori toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlariga asos davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan koʻrsatiladi.
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng, 5 daqiqa mobaynida, YaIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda avtomatik tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga elektron shaklda yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi soʻrovnoma olingandan soʻng, 5 daqiqa mobaynida QR-kodli (matrik shtrixli kod) maʼlumotnomani shakllantiradi hamda (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda yuboriladi.
Davlat xizmatlari markazi maʼlumotnoma olingandan soʻng, 5 daqiqa mobaynida ariza beruvchiga maʼlumotnomani elektron yoki qogʻoz shaklida berishi shart.
Aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning davom ettirilishi xalqning davlat xizmatlaridai foydalanish sohasidagi bilim va koʻnikmalarni oshirishga, ularni ijtimoiy himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
Mansur Sodiqov,
tuman Davlat xizmatlari markazi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶