18.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.08.2026, 11:14
Maqolalar 👁 413

IJOD ILMINI EGALLAShGA INTILAYoTGAN YoShLAR

IJOD ILMINI EGALLAShGA INTILAYoTGAN YoShLAR

Umrida Adabiyot deb atalgan moʻʼjizakor olamga birrov kirmagan, bu olam taftini yurakdan his etib, hech boʻlmaganda bir-ikki satr oʻz sheʼri, hikoyasi yoki qatrasini bitib, zavqlanmagan inson boʻlmasa kerak. Chunki Adabiyotning sehrli kuchi qanchalab asov koʻngillarni jilovlab, maʼnaviyat sarchashmalariga oshno etgan, johil yuraklarni ilitgan, qahri qattiq qalblarda mehr-muhabbat gullarini undirgan. Shuning uchun inson borki, bu moʻʼjizakor olamga intiladi, intilaveradi.

Tuman gazetasi tahririyatida ilk ish faoliyatimni boshlagan kunim hech esimdan chiqmaydi. Gazetaning oʻsha paytdagi muharriri (Alloh rahmat qilsin), ustozimiz, Qorqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Gulnora opa Matyoqubova haftaning boshidagi “letuchka”da:

– Robiya madaniyat va turmush boʻlimini boshqaradi, hamma sheʼr va hikoyalarni unga beringlar, koʻrib chiqsin, – dedilar.

Ishonasizmi, tahririyatga kelgan xatlarning 70-80 foizi ijodkorlarning mashqlari edi. Stolim lahzalar ichida ana shunday mashqlarga toʻlib ketdi. Sal “yilt” etgan yorugʻligi bor mashqlarni alohida taxladim, ijoddan bexabar, shunchaki qoralamalarini joʻnatib: “Sheʼrimni gazetada chiqarib bering”, – deya iltimosnomalar bilan murojaat qilinganlarini alohida papkalarga joyladim. Tartib-qoida shunaqa, yaxshi sheʼr va hikoyalar navbati bilan gazetada yortilardi, nisbatan sayoz mashqlar egalariga esa yozma ravishda javob qaytarilardi. Ishga shoʻngʻib ketdim, stolim tortmasida ustiga “yaxshi”, yana birining ustiga “sayoz mashqlar” deb yozilgan ish jildlari paydo boʻldi...

Endi oʻylab qarasam, oʻtgan 36 yillik ijodiy faoliyatim davomida oʻsha ikki toifadagi ish jildlaridan gazeta sahifalariga, gazeta sahifalari orqali keng xalq ommasiga havola etilgan ijodkorlar mashqlari gazeta tahririyati ijodkorlarining mehr tafti bilan yorugʻlikka chiqqan va koʻplab ijodkorlar uchun tahririyat benazir ijod va ibrat maktabi vazifasini muvaffaqiyatli ado etgan maʼnaviyat madrasasi vazifasini oʻtagan ekan.

Ha, azizlar, tahririyat eshigidan kirib kelgan har bir havaskor ijodkor bu maskandan oʻziga maʼnaviy kuch oldi, ruhlandi va pirovardida oʻziga ishondi. Ana shu ishonch bilan ijod maydonida oʻz ovozi, oʻz sozi va uslubiga ega ijodkorlar pleyadasi yetishib chiqdi.

Bugun biz har kun, daqiqalar sayin rivojlanib borayotgan taraqqiyot asrida yashayapmiz. Bugungi davr ijodkorlari ham, ularning ijod mahsullari ham zamon bilan hamnafas. Oʻz jurnalistik tajribam va nuqtai nazarimdan kelib chiqib aytamanki, tahririyatda doimiy anʼanaga aylangan ustoz-shogirdlik mehridan suv ichgan yosh ijodkorlar safi avvalgilardan koʻra koʻproq, bu ijodkorlarga xos xislatlar ham oʻzgacharoq. Bugungi yosh qalamkash ijod bilan bogʻliq savollarini sizga havola etishadi-yu, sizdan avval bu savollariga javobni ham bemalol mustaqil topib olaveradi. Internet tezligi ularni anchayin epchil va jurʼatli qilib qoʻyganday, nazarimda. Lekin hamon stolim ustida “yaxshi” va “sayoz mashqlar” ish jildlari taxlam-taxlam. Men ularni varaqlarkanman, bugungi baʼzi ijodkor yoshlarning unchalik mehnatkash emasligiga amin boʻlaman...

Tahririyat eshigidan dadil kirib kelib, oʻz mashqlarini taqdim etayotgan yoshlar orasida iqtidorlilari ham talaygina. Allaqachon oʻzlarining ilk sheʼriy toʻplamlarini keng ommaga havola etgan Qunduzoy Yusupova, Irodaxon Yerdosheva, Dinora Karimboyeva, Azizaxon Oʻrozboyeva, Umidaxon Yerdosheva, Behzod Allaqulov, Javohir Yoʻldoshev, Aziza Madrahimova, Mohira Yoʻldosheva, Rahmatulla Ibodullayev, Shahlo Qurolovalarning ilk ijod namunalari ham eng avvalo tuman gazetasi sahifalari orqali yorugʻlik yuzini koʻrdi.

Qalam ahli uchun hech qayerda yozilmagan oltin qoida bor. Bu – uning oʻz koʻngil kechinmalarini badiiy soʻz orqali umummulkiga aylantira olish huquqi. U umumning qalbini anglay olgani uchun ham badiiy soʻz vositasida ezgin yuraklarga taskin bagʻishlay oladi, mudroq koʻngillarni uygʻotib, hayotdan zavqlanish tuygʻusini baxsh eta biladi. Muz qotgan koʻngillarda mehr chashmasining bekilib qolgan koʻzlarini ochadi. Ijodkorning, shoirning soʻzida ana shunday taft bor, azizlar.

Baʼzan “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari tahririyati tumanimiz yosh qalamkashlari tashrifidan gavjum boʻlib ketadi. Bugungi davr yoshlari shijoatli, dadil, ularda yangi-yangi gʻoyalar, fikrlar koʻp. Muhimi, ularning gʻoyalarida ham, fikrlarida ham xilma-xillik bor, intiluvchan. Shohzod Anvarning har bir mashqi yuraklarga “jiz” etib kirib boradi. Mudroq dillarni uygʻotib yuborguday oʻziga xos jarang bor Shohzodning yozganlarida. Jaydariroq qilib aytganda, qalamida tigʻ bor, turmushimizga, jamiyatga yot illatlarga qaratilgan tigʻ! Siroj Olimov esa beozorgina, kam-suqumgina ijod qiladi, yozganlari dillarni tebratmay qoʻymaydi. Irodaxon Yerdosheva anchayin jiddiy. Shu bilan birga hozir-javob. Umidaxon Yerdosheva oʻylovchan, teran fikrli ijodkor. Qunduzoy Yusupova esa oʻta sermahmul. Har bir voqea-hodisadan teran xulosa chiqarishga intiladi. U boʻlgʻusi huquqshunos sifatida ijodida insoniy tuygʻularga koʻproq murojaat etadi, ijtimoiy muammolar xususida oʻz fikrini sheʼriy ifodalashga intiladi.

Tumanimizda nazm va nasrda oʻz uslubiga ega boʻlish maqsadida intilib yashayotgan yoshlar koʻp. Ularning har birining ijodi bir olam. Xususan, oʻz nazmiy bitiklari bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan oʻtkazilgan “Muhammad Yusuf izdoshlari” koʻrik-tanlovi hakamlar hayʼati eʼtiborini qozongan va mazkur koʻrik-tanlovning gʻoliblari safidan joy olgan Komronbek Kamol, QDU talabasi, fikrlari jiddiy Sevara Ismoilova, jajji ertakchi qizaloq, oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etilgan “Ikki toʻti” (“Dva popugaya”, “TWO PARROTS”) kitobchasining muallifi Tursunoy Jiyanboyeva, biri-biridan qiziqarli hikoyalari, ertak va sheʼrlari bilan yosh kitobxonlar mehrini qozongan Yorqinoy Kenjaboyeva, Ibrohim Yusupov nomidagi iqtidorli ijodkor yoshlar maktabi oʻquvchisi, umidli shoir Sardorbek Kenjaboyevlar bilan biz ijod ahli haqli ravishda faxrlanamiz. Shu bilan birga bu yosh qalamkashlarning kelgusida mamlakatimiz adabiy jamoatchiligi orasidan munosib oʻrin olishlariga juda-juda ishonamiz.

Ijod – sermashaqqat mehnat jarayoni. Ijod – har bir qalamkash uchun maʼnaviy-maʼrifiy maktab, madrasa. Ijod ilmini egallash – tom maʼnoda umummanfaati yoʻlidagi ezgu ishlarga oʻzni safarbar etishdir. Ushbu qutlugʻ kunlarda men tumanimizda yetishib kelayotgan yosh qalamkashlarning barchasiga ijod deb atalmish sermashaqqat yoʻlda fidoyilik, yuksak manzillar tomon eltuvchi past-baland soʻqmoqlarda dadillik, fikrda sobitlik va har lahzada soʻzning qadrini, zalvorli yukini his qilib yashash baxtini tilayman.

Robiya YOʻLDOShEVA,

Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019