KASALLIKNI JILOVLAŞ ÖZ QÖLIMIZDA
Bugungi kunda koronavirus pandemiyasi haqida dunyoda bilmaydigan odam qolmadi hisob. Tarixga nazar soladigan bölsak dunyo bunday ofatlar bilan ilgari ham bir neça marta töqnaş kelgan. Öşa vaqtlardagi epidemiyalarda qurbonlar soni bir neça millionlarni taşkil etgan. Qadimgi davrlarda dunyoda globallaşuv hozirgidek bölmaganligidan epidemiyalar butun dunyo böylab tarqab ketmagan.
Örta asrlarda Yevropada , Amerikada har xil yuqumli kasalliklardan millionlab odamlar qirilib ketgani manbalarda qayd etilgan. Yevropada salb yurişlariga qadar gigiyenik qoidalarga , yaʼni tozalikka köp ham amal qilişmagan. Şu sababdan tez-tez epidemiyalar tarqalib turgan.
XIX asrning oxiri XX asrning boşlarida Hindistonda bir neça bor vabo tarqab, bir neça million kişi ölib ketgan. Ötgan asrning 1919-20- yillaridagi Ispan grippi dunyo körgan eng katta epidemiya sanaladi. Qurbonlar soni bir neça ön millionni taşkil etgan.
Taniqli tarixçilar M.Boytsov, R. Şukurovlar (Örta asrlar tarixi. Moskva, 1995)ning yozişiça, XIV asrda Yevropada dahşatli “ qora ölat” tarqaladi. XIV asrdan iqlim keskin sovib, yoğingarçiliklar köpayişi oçarçiliklar sonini yanada oşiradi. Doimiy töyib ovqat yemaslik odamlarning zaiflaşib, kasalliklarga çalinişini osonlaştiradi. 1347-yil esa eng dahşatli “qora ölat” epidemiyasi boşlanadi.
Odamlar ölatning tarqalişi sabablarini bilişmas, turli miş-mişlar tufayli yahudiylarni, xristianlarni odamlarni qiriş uçun quduqlarni zaharlaşganlikda ayblaşardi. Bu xabarlar aholini darğazab qilib, bir-biriga oşkora jang qilişgaça olib boradi va Yevropa böylab minglab kişilarning ölimi bilan yakunlanadi. Yahudiylarni esa oilalari bilan tiriklayin yondirişgan.
Mana şunday jaholat , bilimsizlik, diniy mutaassiblik va vahima dahşatli oqibatlarga olib kelişiga tarix guvohdir.
Ilm-fan yuksak çöqqiga kötarilib, axborot-kommukatsiya texnologiyalari rivojlanib, odamlar yangiliklardan töla va tezkor bahramand bölayotgani buningdek ahvolga barham berdi, pandemiyani butun dunyo hamjihatlikda kuraşi orqali yenga olişini hamma anglab yetmoqda.
Ayniqsa, bizning yurtimizda kasallikka qarşi kuraş böyiça örnatilgan karantin çeklovlariga amal qilinişi tufayli talafotlar boşqa qöşni davlatlarga nisbatan ança kam bölmoqda. Kasallikni jilovlaş – xalqimizning öz qölida ekanligini unutmasligimiz kerak.
Jangaboy GULMANOV,
33-sonli maktab tarix fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶