BIPDAM BÖLAYLIK
“Tojdor ajal”, “körinmas duşman” mana şu sözlarning öziyoq odamning yuragiga sançiq turğizadi. Bu qandayin ofat-ki odamlar özlari bilmagan holda bir-birlarini ölim komiga otsa, jigarlarini bir-biridan uzoqlaştirsa, döstlarni duşman qilsa.
Töğri, qadimdan bir naql bor “Qirq yil qirğin bölsa, ajadi yetgan öladi”. Lekin qaçon ajalim yetarkan, deb kutiş, taqdirga tan beriş yaramaydi. Körinmas baloga qarşi birdamlikda kuraşiş kerak.
Yurtboşimiz Şavkat Mirziyoyev kuyib-pişib xalqimizni ehtiyotkorlikka, karantin qoidalariga muntazam rioya qilişga çaqirmoqda. Şifokorlar, IIB xodimlari, jurnalistlar va boşqa korxona-taşkilot işçilari xalq farovonligi uçun kuraşayotgan bir davrda köçada yallo qilib, qinğir işlar bilan şuğullanib, ziyofatlar uyuştirib, karantin qoidalariga amal qilmasdan boşqalar hayotini xavfga qöyayotganlarga qarab: “hay odamlar, heç bölmasa özingizni asrab biling!” - deb hayqirgim keladi.
Pivoyat qilişlariça, ikki yölovçi yölda ketayotgan ekan. Ularning biri hursand, ikkinçisi esa xafa edi. Yöl çetida bir toş turardi. Toşga qandaydir yozuv bitilgan edi. Bu yozuvni öqigan hursand yölovçi birdan yiğlab yuboribdi. Hafa bölib ketayotgan ikkinçi yölovçi xursand bölib yölida davom etibdi. Xöş, toşga nima yozilgan deb öylaysiz. Menimça siz ham tuşundingiz, toşga: “Bu kunlar ötib ketar” deb yozilgan ekan. Ha, aziz yurtdoşim. Bu kunlar ötib ketadi. Yurtimizda bayramlar, sayllar, töylar yana davom etadi.
Aziz yurtdoşim, keling, bir-birimizni, oilamizni va yurtimizni asraylik. Tojdor ajalga qarşi karantin qoidalariga amal qilib kuraşaylik!
Dilbar ALLABEPGANOVA, 57-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶