HUShYoPLIK – HAP QANDAY XAVF-XATAPNING OLDINI OLADI
Hayot – tasodiflarga toʻla. Ertalab yaxshi kayfiyat bilan ishga, oʻqishga, shaxsiy rejalarimiz yoki oila tashvishlari bilan uyimizdan chiqib ketamiz. Lekin bir qadam, balki oʻn qadam... narida bizni qanday sinov yoki tasodifiy holat kutayotganini bilmaymiz. Ayniqsa, yoʻlda. Ozgina ehtiyotsizlik tufayli binoyiday sogʻlom, chopqillab yurgan inson bir umr nogiron yoki qisqa va uzoq muddatga sogʻligini yoʻqotib, toʻshakka mixlanib qolishi hech gap emas.
Xalqimiz ayni paytda koronavirus pandemiyasiga qarshi karantin qoidalariga amal qilib, qisman uyda boʻlib turibdi. Har kuni televideniye kanallari orqali berilayotgan tezkor xabarlardan Oʻzbekistonda bu kasallikka chalinish holatlari ham, oʻlim holatlari ham kun sayin oshib borayotganidan barchamiz xabardormiz. Agar alohida eʼtibor beradigan boʻlsak, tojli virusdan ham koʻra, yoʻl-transport hodisasi qurbonlari kunlik oʻsishi yuqori ekanligini koʻramiz. Virusga eʼtiborsizlik ham, yoʻl harakati qoidalariga eʼtiborsizlik ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi barchamizga ayon.
Xususan, 2020-yil 3-iyun kuni soat 10 lar chamasida tumanimizning Xitoy ovulida yashovchi fuqaro Qoʻchqorov Komiljon Haytbayevich “Neksiya” rusumli, davlat raqam belgisi 95 T 485 GA boʻlgan avtomashinasini Amudaryo tuman Oʻrta qalʼa OFY, Qarshili xoʻja aholi punkti ichki yoʻlida boshqarib ketayotib, oldinda velosipedda harakatlanayotgan voyaga yetmagan. 2007-yilda tugʻilgan, Oʻrta qalʼa ovulida yashovchi Nozima Saidabullayevani urib yuborib yoʻl-transport hodisasi sodir qilgan. Natijada voyaga yetmagan Saidabdullayeva Nozima Karimboy qizi tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga keltirilgan.
2020-yil 17-iyun kuni soat 23 lar chamasida Oʻrta qalʼa ovulida yashovchi fuqaro Shuhrat Matqurbonov fuqaro Matqurbanov Shavkat Pimboyevich nomida boʻlgan “Damas” rusumli, davlat raqam belgisi 95L116JA boʻlgan avtomashinani 4P160 Urganch-Mangʻit-Turkmaniston chegara yoʻlining Oʻrta qalʼa ovuli hududidan oʻtgan 74-km.da amaldagi yoʻl harakati qoidalarining 7- va 77-bandlariga rioya qilmasdan, ishonchnomasiz va haydovchilik guvohnomasisiz boshqarib borayotib, boshqaruvni yoʻqotishi natijasida yoʻldan chiqib ketib, agʻdarilgan. Natijada fuqaro Shuhrat Matqurbanov olgan tan jarohati tufayli tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
2020-yilning 14-iyun kuni soat 19lar chamasi tumanimizning Toʻlqin ovulida yashovchi fuqaro Hayitbay Yuldashov “Farxod Babaniyazov” fermer xoʻjaligiga tegishli MTZ-80 rusumli, davlat raqam belgisisiz traktorni Toʻlqin ovulining “Jangal qalʼa” aholi punkti ichki yoʻlida boshqarib ketayotib, oldinda, yoʻlni velosipedda kesib oʻtayotgan voyaga yetmagan, Toʻlqin ovulida yashovchi, 2013-yilda tugʻilgan Shohsanam Sobirovani urib yuborib, yoʻl-transort hodisasi sodir qilgan. Natijada voyaga yetmagan Shohsanam Sobirova tan jaroxati olib tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizildi.
Shuningdek, 2020-yil 18-iyun kuni 18lar chamasida Kuyuk koʻpir ovulida yashovchi fuqaro Mansur Yuldashev “Neksiya” rusumli, davlat raqami 95 X537 GA boʻlgan avtomashinasini 4P160 Urganch-Mangʻit-Turkmaniston chegara yoʻlining 65-km.da amaldagi yoʻl harakati qoidalarining 7- va 64-bandlariga rioya qilmay, haydovchilik guvohnomasisiz boqsharib borayotib oldinda, qarama-qarshi yoʻnalishda kelayotgan Oʻrta qalʼa ovulida yashovchi fuqaro Odilbek Xaytakov boshqaruvidagi “Vosxod” rusumli, davlat raqam belgisisiz mototsikl bilan toʻqnashuv sodir qilgan. Natijada mototsikl haydovchisi Odilbek Haytakov tan jaroxati olib, tuman tibbiyot birlmashsi shifoxonasiga yotqizilgan.
Aziz yurtdoshlar, koronavirusga chalingan bemor virusning qayerdan, qanday kelib tanasiga yopishganini bilmasligi oqibatida hayotini xavf ostiga qoʻysa, yoʻl-transport hodisasini sodir etgan fuqaro esa koʻrib-bilib turib, ehtiyotsizligi oqibatida oʻzining va oʻzganing hayotini xatarga qoʻyadi. Natijada esa yuqoridagi kabi ayanchli hodisalar yuzaga keladi. Har qanday koʻngilsizlikning oldini olish esa oʻz qoʻlimizda. Demak, biz oʻzimiz xushyor boʻlsak, virusni ham yengamiz, yoʻllarimizda esa xavfsizlikni ham taʼminlaymiz.
D.AMINOV, IIB YHXB boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶