VIPUSDAN HIMOYa
(Ustozim S.Xoʻjaniyozovga).
Karantinga amal qiling,
Niqobingiz yechmanglar.
Virus hali chekinmadi,
Bu dardga chalinmanglar.
Poklikka amal qilib,
Toza tuting qoʻllarni.
Virusdan saqlanishning,
Eng oddiydir yoʻllari.
Ustoz-u doʻst-yor bilan,
Telefonda soʻzlashib.
Mehr-u muhabbat bilan,
Ahvollarin soʻrashib.
Bilib oldim, ustozim,
Kitob-la oshna ekan.
Keksaygan chogʻida ham,
Ijod bilan band ekan.
– Sen ham oʻqi, – der doim, –
Kitob asl doʻstingdir.
Mehrda eng muloyim,
Qalbingda qudratingdir.
Ustozimga ming taʼzim,
Uydaman, doʻstim - kitob.
Shior bilib har soʻzin,
Oʻzimga qildim xitob:
– Kitob bizni asragay,
Fitna-yu gʻavgʻolardan.
Qalblarimiz asragay,
Turfa xil igʻvolardan.
Hattoki virusdan ham,
Kuchlidir ilmi-kitob.
Mutolaa sehridan,
Porlagay sogʻlik - oftob.
Zuhra Ahmedova,
Oybek nomli MFY.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶