MUHOKAMADAGI “DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI TÖĞRISIDA”GI QONUN LOYIHASI: TARAFDORLAR VA QARŞILAR...
Ijtimoiy tarmoqlarda “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining qonuni qonun tarafdorlari hamda loyihaga qarşi munosabatda bölgan aholi qatlami örtasidagi qizğin muhokamalarga sabab bölmoqda. Sababi mazkur qonun kelajakda aholining asosiy qatlami bölgan Davlat xizmatçilarining maqomini, fuqaro davlat lavozimiga tayinlangan paytdan boşlab vujudga keladigan huquq, majburiyat va javobgarliklarni, şuningdek, ularning davlat fuqarolik xizmatini ötaşi bilan boğliq çeklovlar tizimini belgilab beradi.
Xöş, mazkur qonun maqsadi nima?
Mazkur loyiha davlat fuqarolik xizmati sohasidagi davlat fuqarolik xizmatçisining huquqiy maqomi va davlat fuqarolik xizmatini taşkiliy-huquqiy mexanizmini yagonaligini taʼminlaşga qaratilgan munosabatlarni tartibga soliş orqali huquqiy asoslarini yaratiş, ularning kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlarini obʼektiv hamda adolatli tanlov asosida xizmat poğonalari böyiça ösiş kafolatlarini örnatiş, davlat fuqarolik xizmatiga kiriş, ötaş va tugatiş jarayonlarini tartibga soliş, davlat fuqarolik xizmatçilarining kasbga layoqatliligini va professionalligining ösişi uçun şart-şaroitlar yaratiş maqsadida işlab çiqilgan.
Bir qaraşdan hamma uçun teng imkoniyatlar yaratayotgan va barçamizning huquq va manfaatlarimizni himoya qilişga qaratilgan uşbu qonun loyihasi qaysi jihatlari bilan köpçilikning muhokamasiga sabab bölib qolmoqda?
Bunga bir neça sabab va qaraşlar mavjud.
Masalan, köpçilikka qonun loyihasining 18-moddasi (Davlat fuqarolik xizmatçilari va ular oila aʼzolarining daromadlari, mol-mulki va köp miqdordagi xarajatlarini deklaratsiya qiliş) amalda qanday işlaşi qiziq tuyulmoqda. Oldinlari faqat rivojlangan davlatlar qonunçiligida köp uçraydigan mazkur amaliyotning kundalik hayotimizga kirib kelişi ham qişloq xöjaligidan, ham davlat xizmatidan foyda topayotgan aholi qatlami bunday yangilikni qandaydir xadik bilan qabul qilmoqda. Şu örinda xizmat faoliyati korruptsion omillar bilan boğliq xizmat turi namoyondalari ham bu yangilikni qabul qilişga tayyor emas.
Qonun loyihasining ikkinçi jihati agar u qabul qilinadigan bölsa, işçi xodimlarning oylik iş haqida ham keskin özgarişlar böladi. Sir emas bugungi kunda aksariyat idora va taşkilotlarda yaxşi oylik maoşga loyiq bölgan xodim ham, bunga loyiq bölmagan xodim ham deyarli bir xil maoş olib kelmoqda. Qonun qabul qilinsa, bu adolatsizlikka çek qöyiladi.
Masalan, qonun loyihasining 50-moddasiga köra, Davlat fuqarolik xizmatçilari mehnatiga haq tölaş quyidagi tölovlarni nazarda tutadigan davlat fuqarolik xizmatçilari mehnatiga haq tölaşning unifikatsiya qilingan tizimi asosida amalga oşiriladi:
-bazaviy lavozim maoşi;
-malaka darajasi uçun tölovlar;
-davlat fuqarolik xizmatçisining faoliyati samaradorligi asosiy körsatkiçlariga erişilişi va iş beruvçi tomonidan belgilanadigan ularning faoliyatini baholaşning boşqa mezonlaridan kelib çiqib hisoblanadigan şaxsiy ustama haqlari.
Bunda şuni ham aytib ötiş kerakki, qonun loyihasi yangi tartibdagi davlat lavozimlarning guruh va kategoriyalarini hamda davlat fuqarolik xizmatçilarining malaka va martaba darajalarini nazarda tutgan.
Qonun loyihasining yana bir eʼtiborga molik jihati şundaki, u kundalik iş faoliyatimizga meritokratiya tamoyilini olib kiradi. Yaʼni, endilikda Davlat fuqarolik xizmatçilariga davlat ularning qadr-qimmati, körsatgan xizmatlari asosida xizmat poğonasi böyiça ösişni kafolatlaydi va Davlat lavozimini egallaş faqat tanlov asosida amalga oşiriladi.
Fikrim oxirida qonun loyihasi 11-bob, 75-moddadan iboratligini taʼkidlagan holda, uning qançalik köp qirrali va hajm jihatdan kengligini, köp munosabatlar tartibga solinganligini va bularning har biriga bitta maqolada töxtalib ötiş imkoni yöqligini aytmoqçiman. Biroq, xulosa örnida mazkur qonun loyihasining qabul qilinişi quyidagi afzalliklarni berişi mumkinligini sanab ötiş örinli:
-davlat fuqarolik xizmatida malakali kadrlarni şakllantiriş uçun şart-şaroitlar yaratiş va ularning mansab poğonalarida barqaror kötarilişi;
-davlat organi va taşkilotlarini sifatli hamda samarali işlaşini taʼminlaş hamda taşkil etiş;
-davlat fuqarolik xizmatining huquqiy bazasini tartibga soliş;
-davlat fuqarolik xizmatida korruptsiyani va boşqa suiisteʼmolliklarning oldini oliş;
-samarali tanlov tizimini joriy etiş va davlat fuqarolik xizmatçilarini kasbga oid sifatlari hamda alohida xizmatlari asosida kötariş, şuningdek ularni malakasini muntazam ravişda oşiriş va qayta tayyorlaş tizimini yölga qöyiş;
Taʼkidlaş joizki, mazkur qonun qabul qilinişi natijasida barça darajadagi davlat fuqarolik xizmatçilari faoliyati bilan boğliq bölgan huquq, majburiyat va çeklovlarning yagona tizimi işlab çiqiladi. Şuningdek, davlat fuqarolik xizmatçilariga mehnatga haq tölaş va ijtimoiy himoyasini mustahkamlaşga oid yagona tizim yaratilişi taʼminlanadi.
M.MATYuSUPOV, Amudaryo tumani Adliya bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶