PILLAKORLARIMIZ YeTIŞTIRGAN HOSIL – MANĞITDA QAYTA IŞLANMOQDA
Mamlakatimiz iqtisodiyotni rivojlantirişning muhim şarti hisoblanmiş eksportbop, xaridorgir mahsulotlar işlab çiqariş va sotişni yölga qöyiş böyiça amalga oşirilayotgan tizimli işlar bugungi kunda özining ijobiy samaralarini berayapti.
“Özipaksanoat” uyuşmasiga qaraşli “Jayhun Silk” masʼuliyati çeklangan jamiyati pillakorlarimiz yetiştirgan mahsulotni tumanning özida qayta işlaşmoqda. Amudaryo tumanidan taşqari Qoraqalpoğiston Respublikasining Beruniy, Xöjayli, Taxiatoş, Şumanay, Qangliköl, Nukus, Kegeyli va Çimboy tumanlari pillakorlari yetiştirgan pilla hosili ham aynan “Jayhun Silk” korxonasida qayta işlanadi va ipak tolasi holida eksport qilinadi. Korxona bu jarayonlarni amalga oşiriş uçun yangi, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Bu yildan boşlab mazkur korxona quruq pillani qayta işlab, xom ipak ip işlab çiqarişga ixtisoslaştirildi.
Mazkur masʼuliyati çeklangan jamiyat tomonidan joriy yilning bahorida tumanimizdagi 1572 nafar kasanaçilarga 1575 quti, 266 ta fermer xöjaliklariga 2193 quti ipak qurti uruği yetkazib berilib, 208 tonna hosil yetiştiriş yuzasidan şartnomalar tuzilgan edi. Belgilangan xorijiy ipak qurti uruğlari tumanimizdagi 16 ta inkubatoriyalarda sifatli jonlantirildi va tarqatildi.
Ipak qurti boqiş mavsumini köp yillik tajribalar va zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida taşkil etgan pillakorlar joriy yilgi mavsumda ham kunni tunga ulab, fidokorona mehnat qildilar va zimmalaridagi rejalarini ortiği bilan ado etdilar. Mavsum davomida Manğit şahridagi pillaxonada 50 nafar, Xitoy ovulidagi pillaxonada 20 nafar işsiz fuqarolar mavsumiy iş bilan taʼminlandi.
“Jayhun Silk” masʼuliyati çeklangan jamiyatida 100 nafardan ortiq işçi-xodimlar iş bilan taʼminlangan bölib, ayni paytda u yerda yetiştirilgan quruq pilladan xom ipak işlab çiqariş jarayonlari qizğin keçmoqda. Xodimlar har kuni işxonaga kirib kelişida masofadan turib, harorati ölçanadi va soğlomligi aniqlangaç, içkariga kiritiladi.
Işçilar avvalo pillalarning sifatiga qarab, saralaşadi. Saralangan pillalardan zamonaviy texnologiyalar yordamida ip olinadi va qadoqlanadi.
Masʼuliyati çeklangan jamiyatda joriy yilning köklamida ipak qurti boqiş mavsumida Beruniy, Xöjayli, Taxiatoş, Şumanay, Qangliköl, Nukus, Kegayli va Çimboy tumanlari pillakorlari yetiştirgan pilla hosili ham qabul qilinib, qayta işlaş uçun ğamlab qöyildi.
Şuningdek, kelgusi yilda ham tumanimizda yuksak pilla xirmoni bunyod etiş uçun zamin yaratildi. Ipak qurtiga möl ozuqa zahirasini yaratiş uçun bahorda ötqazilgan 343 ming dona tut köçatlari şu kunlarda sifatli parvariş qilinmoqda.
Pillaçilik – qadim-qadimdan yetti xazinaning biri, deya baholangan va ayni kunda ham qişloq xöjaligining muhim tarmoği hisoblanadi. Şu bois sönggi yillarda sohani ilm-fan yutuqlari asosida rivojlantirişga yanada köproq eʼtibor berilmoqda. Tumanimizda ham yetiştirilgan hosilni qayta işlaş yölga qöyilgani va mahsulotning eksport qilinişi sohani yana ham daromadli qilişi tayin.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶