DOʻRMAN OVULIDA SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI
Tumandagi 2-sektor hududida joylashgan Doʻrman ovulida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi. Ushbu sayyor qabulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri E.Rajabov, tuman prokurori yordamchisi U. Allamberganov va ovul fuqarolar yigʻini masʼullari murojaatlarni qabul qilishdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan imtiyozli kredit ajratilishida amaliy yordam berish, bandlikni taʼminlash hamda suyultirilgan gaz uchun toʻlovni amalga oshirishda duch kelinayotgan muammolar boʻyicha murojaatlar kelib tushdi. Yechimi oson boʻlgan murojaatlar joyida hal etilib, boshqalari yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi. Muddat talab etiladiganlari ijro uchun tegishli mutasaddilarga biriktirildi.

Shu kuni Doʻrman ovulida yoshlar bilan ham uchrashuv oʻtkaziladi. Yoshlardan tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda, doʻkon binosi qurilish uchun kredit ajratilishida amaliy yordam berish yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Bu borada mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, tez kunda masala hal etiladigan boʻldi.
M. Xalillayeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶