12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:08
👁 3,502

MEHRU MUHABBATGA OŞNO OILA

MEHRU MUHABBATGA OŞNO OILA

MEHRU MUHABBATGA OŞNO OILA

Muhabbat! Insonning qalb ardoğiga aylangan bu ilohiy tuyğudan hamişa kuç, qudrat olib yaşaymiz. Ana şu qudrat, nazarimizda insonlarni turli balo-qazolardan, yomonliklardan, kulfatlardan omon olib çiqadi. Kim uçundir Muhabbat ikki sohir qalbning hayoti timsolidir. Yana kimgadir ona-Vatanga yor ezgu tuyğular ramzidir. Nima bölganda ham qalbidan ana şu ilohiy tuyğu­ga joy berib, uni eʼzozlagan inson hayotda öz örnini topib, yuksak ahloqiy fazilatli şaxs sifatida şakllanişi tabiiy.

- Men aytsam, juda balandparvoz, kitobiy gapday tuyu­­­­-l­i­­­­­şi mumkin, - vazmin söz­laydi bizning bugungi qahramonimiz Saʼdulla Örozboyev. -Töğrisi, bizning oilamiz haqiqiy, çin maʼnodagi muhabbatning mevasi. Muhabbat deganda bir-birovga tikilib, dil izhorlarini eşitib ötirişni tuşunmaslik kerak. Bizning oilada Muhabbat - eng avvalo tuğişganlik mehri, bir-birovning qadriga yetib yaşaş, işonç, sabr va qanoat hamda bardoş kabi hislatlarning uyğunligi sifatida qadr­li. Agar (Alloh rahmatiga olgan bölsin) hayotdan ança erta ketgan ota-onamiz biz far­zand­larini ana şunday ezgu tuyğular ruhida tarbiyalaşmaganlarida bilmadim, beş nafar yetimçalarning bugungi hayoti qanday holatda bö­lar­di!..

Saʼdulla otasi Qozoqboy aka vafot etganida endigina 14 yoşga tölgan öspirin edi. Uni hayot juda erta ulğaytirdi. Biri-biridan kiçik, tarbiyaga muhtoj ukalariga boş bölib, oilaning kam-kösti, oğir-yengiliga yelka tutdi. Jamoa xöjaligida kalxozçi bölib işlovçi onasining yoniga kirib, dalaga işga çiqdi: ariq tozalab, ğöza yaganaladi, çopiq qildi, to keç kuzgaça kattalar bilan bir safda paxta terdi. Onasidan tomorqada har xil poliz va sabzavot ekinlari östirib, parvarişlaşni örgandi. Maktabni tugatgaç, onasining qistovi bilan Toşhovuz şahridagi moliya va iqtisod texnikumida öqib, iqtisodçi mutaxassisligiga ega böldi. «Orolqişloqsuvquriliş» idorasida 10-yil iqtisodçi vazifasida xizmat qilib, öziga yaraşa hurmat, eʼtibor topdi.

Ukalari ulğaygan sari Saʼdullaning taşvişlari ham ulğayib bordi. Onasi bilan bamaslahat öz oilalariga tegişli bölgan 0,25 gektar yerdagi tomorqa xöjaligini rivojlantiriş uçun reja işlab çiqdi. Oilaning öz çorvaçilik xöjaligini taşkil etib, qoramollar tuyoğini köpaytirdi, parrandaçilikka eʼtibor qaratişgani esa yanada yaxşi böldi. Göşt, tuxum, sut, qatiq, qaymoğu sariyoğni özlaridan orttirib, bozorga olib çiqişadigan bölişdi. Har yili bördoqiga boqqan qoramollari oila iqtisodini ança kötardi. Ukasi Muzaffarni öqitib, oliy maʼlumotli qildi. Uylangaç, endi u ança ulğayişib qolgan ukalari oldidagi özining akalik, tuğişganlik burçini yanada teranroq his qildi. Umr yöldoşi Aqljon Saidova 1-sonli maktabda ruhşunos bölib işlaş bilan birga qaynonasi Xatira opaning öng qöliga aylandi. Qaynona bilan kelin örtasidagi özaro mehr-oqibatdan xonadonga fayz yoğildi. Aqljon  qayn singillariga mehr qöydi, qaynonasi bilan qizlarning tarbiyasiga boş-qoş böldi.

Saʼdulla otasi örnida elçi bölib, özga xonadon eşigini oçdi: avval ukasi Nurullani, keyin Muzaffarni uylantirişdi. Singillarini turmuşga berişdi.

- Har gal uyimizda töy bölganida özimni uçib-uçib toliqqan quşday sezardim, - yaxşi kunlarni eslab deydi Saʼdulla. - Odamlar quvonçdan öy­nab-kulişsa, men çekka-çekkaga çiqib quvonçimdan yiğladim. Köz yoşimni ukalarim körmasin, deb şunday qilardim. Bilmadim, könglim kemtik bölib ösganim uçunmi, hozir ham qattiq sevinsam, közimga yoş quyilib kelaveradi.

Quvonç yoşlari... Saʼdulla bunday quvonçli kunlarga yetguniça ozmunça mehnat, maşaqqat çekdimi!! Rözğorning oğir yukidan yelkalari yağir bölgan Saʼdulla ukalarini katta hayotga tayyorlaş, öqitiş, uyli-joyli qiliş uçun özini ötga, çöqqa urdi. Bir oyoği işda bölsa, bir oyoği bozorda, köngli esa uyda böldi. Baxtiga oilalariga kelib qöşilgan kelinlar - umr yöldoşi Aqljon ham, kelinlari Dilfuzaxon bilan Hamidaxonlar ham biri-biridan aqlli, uyim, joyim deydiganlardan bölib çiqdi. Uçala kelin xuddi opa-singillarday, bir-birlariga mehribon, pazanda, çevar. Uçalasi ham öqituvçi. Katta xonadonga oilaning kattasi - Saʼdulla bilan Aqljon boş-qoş. Kelinlar esa xuddi kelişib olişganday Saʼdullani qaynota örnida «ota» deya siylaşadi.

Xalqimizda: «birlaşgan özar, birlaşmagan tözar» degan ğoyat ibratli hikmat bor. Qozoqboy ota öğil-qizlarining kamolini körolmay hayotdan erta ketgan, bolalar ota tarbiyasini körişmagan bölişsa-da, aqlli va dono ayol (xudo rahmat qilsin) Xatira momo va oilaning katta öğli Saʼdulla Örozboyevning yetim gödaklarga körsatgan mehr va oqibati bois, bugun bu oila Amir Temur nomli ovuldagi eng ibratli, saranjom-sarişta, obod xonadonlardan biriga aylandi.

- Afsuski, bugungi kamolimizni onajonim körmadilar, - deydi Saʼdulla.- Baribir şukur qilaman. Oilamizda heç kim bir-biriga ovozini kötarib gapirmaydi. Seniki, meniki degan past tuşunçaning özi yöq, ukalarimning farzand­lari xuddi özimniki kabi qadrli, bir-biriga mehribon.

 Azizlar, Saʼdulla aslo maqtanayotgani yöq. Aslida u maqtaşga arzigulik katta oilaning dono sardori, maqtanişga arzigulik işlarning uddasidan çiqa olgan tadbirli, mulohazali ota. Tahsinga loyiq, tarbiyali, intizomli inson, ukalariga boş bölib, yoş boşidan otalik masʼuliyatini zimmasiga olgan fidoyi, mehr-oqibatli, qalbi muhabbatga limmo-lim töla  ibratli Aka!

Ayrim ota-onalari hayot tuğişganlar qila olmagan işlarni özining kengfeʼlliligi, oçiqqöl va oçiq köngilligi bilan uddalab kelayotgan Saʼdulla Örozboyevning xonadonida hamma öz işini bilib qiladi. Oila iqtisodini kötariş borasida barça birday qayğuradi. Ukalari ham, kelinlari ham oylik maoşlarini oila sardori - Saʼdullaga keltirib berişsalar, bir jomadan pul böladi!

- Yaqinda oilaviy daromadimiz xisobiga Nurulla ukamga alohida imorat qurib, oilasini bölakladik. - Mamnunligini yaşirmaydi Saʼdulla. - Endi Muzaffar ukamga yangi imorat quriş niyatidamiz. Eng muhimi, ahilligimizga köz tegmasin!

Baʼzan qaynona-qaynotasi, ovsinlari bilan çiqişolmay ajraşişgaça borgan yoki oi­ladagi yetar-yetmaslikdan nolib yuradigan yoş kelinlarni körsak Saʼdulla Örozboyevning öz tuğişganlariga bölgan gözal va samimiy munosabati haqida öylaymiz. Yana, Saʼdullaning: «Muhabbat deganda bir-biriga tikilib, dil izhori qilib ötirişni tuşunmaslik kerak. Muhabbat - eng avvolo tuğişganlik mehri» - degan fikrlari haqida öylaymiz. Va qaynoğani qaynota örnida körib, öqituvçilik kasblaridan ortib, to­mor­qa xöjaligida, «Örozboyev Allambergan» fermer xö­jaligi hisobidagi ijara yerida xuddi opa-singillarday, hamjihat işlaşga, oila çorvasiga, parrandasiga qarab, öz rizqlarini öz qöllari bilan yaratişga intilib, ahillikda yaşayotgan Aqljon, Dilfuza va Hamida kelinlarining aql-u farosatiga tan beramiz. Bu oiladagi öziga xos tarbiyaviy muhitga, intizom va sariştalikka, ahillika havas qildim. Dilimizdan esa oila sardori - Saʼdullaning: 

- Muhabbat - eng avvalo tuğişganlik mehri! - degan fikr­lari keçdi.

Ha azizlar, tuğişganlar örtasida mehr-muhabbat bölsa, xonadon obod, oila barkamol, el-yurt, Vatan osoyişta. Bor bölsin mehr-muhabbat!

 

Robiya YÖLDOŞEVA,

Allambergan JUMANIYoZOV,

"Amu news” ning maxsus muxbirlari.

Suratda: Saʼdulla Örozboyev umr yöldoşi Aqljon, ukalari, kelinlari va farzandlari bilan.  

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026