18.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.08.2026, 07:11
Maqolalar 👁 281

“Xitoyqishloq hangomalari” turkumidan

“Xitoyqishloq hangomalari”  turkumidan

MIRZANING “MEHMONLARI”

Mirza ertalab Gurlanga ketayotib Yangiboy akaning yonida toʻxtadi. Bu payt u uyining oldidagi olcha daraxtlarini oqlayotgan edi. Odatdagiday quyuq salom-alikdan keyin Mirza:

– Yangaka, tunov kungi hazil uchun kechirasiz, sal oshirvorgan boʻlsam, – dedi.

– Mirzaboy, shu, yigit boʻlsang, kechagi gurungni aytib yurma. Odam degan bir-birini yaqin koʻrib hazillashadi, baʼzan ogʻir, baʼzan yengil boʻladi. Izini quvib yurilmaydi, ha! Kelgan yeridan boshlab ketaverasan.

– Ha, yashang, men ham shuni aytaman-da! Tashlang “besh”ni! Yuring, Gurlanga borib qaytamiz. Tushgacha aylanib kelamiz.

– Juda kayfing chogʻ. “Omad shou”dan yutdingmi yo?

– Ha, shunga oʻxshashroq, shundan kam emas. Tunov kuni aytgandim-ku, baliqchilik xoʻjaligi ochmoqchiman, hujjatlari bityapti.

– Ha, oxiri bitadigan boʻldimi? Juda yaxshi, bir yuvarsan!

– Yuravering, baliqqa ham, pivoga ham toʻydiraman.

Yangiboy aka quvonib chaqqonlashgan edi, Mirza qoʻshimcha qildi:

– Lekin hujjatlar bitgandan keyin...

Yangiboy aka Mirzaning qurumsoqligi tutganidan hafsalasi pir boʻlib:

– Unday boʻlsa, oʻzing borib kelaversang-a, men hujjatlaring bitgandan keyin senga yoʻldosh boʻlarman, – dedi, – Mana bu qopni koʻtarishib yubor, selitra keltirgandim, ichkariga olib  qoʻymasak boʻlmas, qani koʻtar.

Mirza qopga engashganida telefoni tushib ketadigan boʻldi, shekilli, telefonini olib, olchaning ayrisiga qoʻydi va qopni koʻtarishdi. Qoʻlining changini qoqib, olchaning yaprogʻiga artgan boʻlib, xayrlashib joʻnadi. Yangiboy aka shu alpozda yigirma minutcha kuymanib yurgan edi, telefon musiqa  chalib qoldi. “Meniki emas.Bu kimning telefoni? Hech kim yoʻq-ku. Olcha ayrisida Mirzaning telefoni qolib ketibdi-ku”. Oldi:

– Allo! Yangiboy aka, telefonim qolib ketibdi. Olib qoʻying. Joʻramning telefonidan chiqyapman, izimga qaytmayoq qoʻyayin, olib qoʻying.

– Yaxshi, xoʻp, mana olib qoʻydim.

Telefonni oʻchirib, avaylab kitelining choʻntagiga solar ekan, oʻylanib qoldi. 

– ”Ha, joʻram-a, “hujjatlar bitgandan keyin”, emish. Koʻramiz, Mirzaboy, oʻzim sening hujjatlaringni shu bugun bitkazganim boʻlsin!

Rejani puxtalab tuzdi. Mirzaning telefonini oʻchirib, uyda qoldirdi-da, uning uyiga qarab yoʻl oldi.

– Kelin, ho kelin! Bu yoqqa qarab yubor! – Bogʻ eshigidan kirmay qichqirdi .

– Assalomu alaykum, keling, Yangiboy aka.

– Kelganim shu, Mirza hozir menga qoʻngʻiroq qildi. Koʻldagi yerni berish uchun vakillar kelar ekan, ikki soatga joʻxori kurtuk pishirib qoʻyar ekansan, induk (kurka)ni solib, – dedi Yangiboy aka  oʻzini ketishga shaylanayotganday koʻrsatib, –

– Avvaldan aytib ketmabdi-da, necha kishi kelar ekan? – dedi kelin.

– Aytdi, uch kishi kelar ekan. Mening telefonimning batareyasi ham oʻtirib qolibdi, – kelin soʻrab qolmasin deya oldini olib qoʻydi Yangi-boy aka iziga sekin aylanib.

– Qayerga borasiz endi, Yangiboy aka, toʻxtab turing, men indukni kimga soʻydiraman, soʻyib bering!

– Mening ishim qistov edi-da, boshqa qoʻshnilar yoʻqmi?

– Kim boʻlardi hozir uyida? Hamma ishli, ishiga ketib boʻlgandir, Ikki-uch kunga “zemlemerlar” keladi deb, qamab qoʻygan edi, darrov tutib kelaman, kimni qidirib yuraman, – dedi kelin yalingannamo.

– Xoʻp, unday boʻlsa tez obchiq, pichoq bormi? – rejasining kutganidan ham silliq, tez kechayotganidan mamnun, ichidan quvonib ketdi Yangiboy aka Mirzaning bu gaplardan xabardor boʻlgandagi holatini koʻz oldiga keltirib.

– Ha, mana oʻchoq yonidagi tumbochkada pichoq bor, men indukni obkelay, – deb qoʻra tarafga ketayotib, yoʻl-yoʻlakay qizlariga tayinlab borardi: Ichkaridan lagan olib chiq, suv tayyorla, induk tozalaymiz!

Kelin indukni tutib keltirguncha  Yangiboy aka roʻparadagi qoʻshniga ikki soatdan keyin Mirzaning uyiga borishini tayinlab chiqdi. Kurkani soʻyib berib ketayotib, bu yondagi qoʻshnisiga ham xabar berdi. Savol nazari bilan qaragan qoʻshniga:

– Xolis sadaqa aytgan ekan, menga tayinlab ketgandi, hozir kurka soʻyib berib kelayotirman, yomon semiz ekan oʻziyam, – deb ishontirib ketdi, ikki soatga, esingdan chiqmasin, kelaman men ham!

Yangiboy aka uyining oldida Mirzaning kelar yoʻlini poylab yurardi, vaʼdalashganday bir yarim-ikki soat oraligʻida Mirza kelib qoldi. Telefonimni berib yuborish uchun yoʻlga chiqib turgan ekan-da, degan xayolda toʻxtagan Mirza mashinaga inqillab minayotgan Yangiboy akaga savol nazari bilan qaradi.

– Haydayver, senga syurpriz tayyorlab qoʻyibmiz, – dedi Yangiboy aka joylashib oʻtirib, unga telefonini uzatar ekan. Ustoz joʻrasining “tushirganini” sezgan Mirza eshigi oldida ikki qoʻshnisining turganini koʻrib, yana savol nazari bilan Yangiboy akaga qaradi.

– Hech gap yoʻq, tinchlik, ay bir baliqchilikni yuvamiz-da.

Mirza hamma gapni tushundi. Endi tuproq changitib oʻtirsa, badtar kulgiga qolishini bildi-da, mehmonlarni ichkariga taklif qildi. Oʻng qoʻlining koʻrsatkich barmogʻining uchini burniga tekkizib labi ustiga qoʻyib, Yangiboy akaga “jim” ishorasini qildi.

Dasturxon tuzalgan. Meva-cheva, shira-sharbat joyida! Mirza ishdan kelgan oʻgʻli salomlashib boʻlar-boʻlmasidan qoʻshnining doʻkonidan pivo, “anov-munov” olib kelishga joʻnatdi. “Sadaqada “anov-munov” boʻladimi?”, demoqchiday ogʻiz juftlagan qoʻshnining yonboshini chimchilab tinchitdi Yangiboy aka.

Yarim soat undan-bundan gurunglashib, choy ichib oʻtirishgach, salom berib kelin keldi.

– Dadasi, ishlaringiz bitdimi? Mehmonlaringiz keladimi? Ovqat tayyor boʻldi.

– Ovqat tayyor boʻlsa obkelaver. Mehmonlarning kelgani shu. Ha, ishlar bitdi. Mana, Yangakamiz bitirdi hamma ishni!

Yangiboy aka esa pinagini buzmay, qoʻshnining fujeriga  koʻpirib ketmasin, deb sekingina, bamaylixotir pivo quymoqda edi...

Tursunboy ABDULLAYeV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019