28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 19:51
Qishloq xoʻjaligi 👁 197

YeR – BEBAHO XAZINA, BUNI AMUDARYoLIK FERMERLAR, DEHQONLAR YaXShI BILIShADI

YeR – BEBAHO XAZINA, BUNI AMUDARYoLIK FERMERLAR, DEHQONLAR YaXShI BILIShADI

Oʻtgan yillar davomida davlatimiz tomonidan Qonunlar, muhim Farmon va Qarorlar, davlat dasturlari qabul qilinishi hamda ularning ijrosi izchil bajarilishi fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy subʼektlar sifatida shakllanishiga zamin yaratdi.

Tumanimizda ham ekin yerlaridan samarali foydalanish, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloqda fuqarolarning bandligi va farovonligini oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, ekin ekish ishlarini tizimli tashkil qilish hamda mahsulot yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq tumanda fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning ekin maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

2020-yil bahor mavsumida tumanda 158 gektar sabzi, 180,5 gektar piyoz, 15,8 gektar sarimsoq piyoz, 225,6 gektar bodring, 169,2 gektar koʻkatlar, 694,3 gektar kartoshka, 477,3 gektar poliz ekinlari, 631,7 gektar pomidor va boshqa ekinlarni ekish rejalashtirilgan edi. Jami 1778,5 gektar tomorqa yerlaridan toʻliq  foydalanishni nazorat qilish boʻyicha ishchi guruh shakllantirildi va ishchi guruh aʼzolari bilan birgalikda mavjud aholi tomorqalarini xatlovdan oʻtkazish jarayonida dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalarining talab va  istaklari, hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, tayyorlangan takliflar boʻyicha tumanda ertagi sabzavotlar oʻz muddatida ekildi va yetishtirilgan hosil oʻz vaqtida yigʻib olindi. 3141,9 gektar yer maydoniga ekilgan oʻrtagi va kechgi ekinlar esa pishib-yetilmoqda.

2021-yil hosili uchun 1139 gektar toʻqsonbosti ekinlari ekish rejalashtirilgan boʻlib, 25-avgust holatiga 210,8 gektar maydonda toʻqsonbosti ekinlari ekildi.

Aholi xonadonlari va tomorqalaridan samarali foydalanish, 2-3-marta hosil olish toʻgʻrisida tushuntirish-targʻibot ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.  Natijada aholi tomorqalarida koʻzlanganidan ziyod ertagi kartoshka, pomidor, bodring, poliz mahsulotlari, vitaminga boy mevalar, koʻkatlar va rezavorlar yetishtirildi.

Dukkakli ekinlardan esa 700 tonna hosil olish rejalashtirilgan.

Aholi tomorqalarida 1183 ta issiqxona mavjud boʻlib, shundan 450 tasi yangidan barpo etilgan.

Tashabbus bilan chiqqan 389 ta fermer xoʻjaliklari aholi tomorqa yer maydonlarini haydash, mevali daraxtlar, sabzavot urugʻlari va koʻchatlar yetkazib berishda koʻmaklashish boʻyicha 3377 ta xonadonlarga biriktirildi.

2020-yil yanvar-mart oylarida 4 ta sektor rahbarlari boshchiligida aholi xonadonlariga kirib, erta bahorda kamida 5-10 tadan mevali daraxt koʻchatlari, ertagi sabzavotlar ekish, issiqxonalar barpo etish, chorva mollari va parranda boqishni tashkil etish hamda yerdan samarali foydalanish boʻyicha targʻibot ishlari olib borilgani oʻzining ijobiy samarasini berdi.

Tuman hokimi qarori bilan, meva-sabzavot ishlab chiqarish kooperativlari tashkil etilib, 5 ta ishlab chiqarish kooperativiga 35 gektar yer ajratib berildi va 112 nafar kam taʼminlangan fuqarolar kooperativ aʼzoligiga qabul qilinib, ularning bandligi taʼminlandi. Ushbu fuqarolarga yer maydoni berilib, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan har biriga 2 million 223 ming soʻmdan subsidiyalar ajratildi.

Bundan tashqari, tuman hokimining 2020-yil 24-apreldagi 103-sonli qaroriga asosan 10 ta dehqon xoʻjaligi tashkil qilindi. Ularga 3,16 gektar yer maydonlari ajratildi. Shu orqali ularning bandligi taʼminlanishiga erishildi.

Tuman hokimi 2020-yil 1-iyun sanasida yana bir muhim qarorni imzoladi. Ushbu 132-sonli qarorga koʻra, fermer xoʻjaliklarining gʻalladan boʻshagan yer maydonlarida takroriy ekin ekish uchun kam taʼminlangan 45 ta oilaga 20 sotixdan jami 9 gektar yer bir marta ekib, samarali foydalanishlari va oʻz bandligini taʼminlash hamda zarur oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirib olishlari boʻyicha tavsiyalar berildi.

Qoramon mahallasida yashovchi Yangiboy Sultanov oilasi esa tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi yordami bilan 3 sotixli issiqxona egalari boʻlishdi.

Tumanimizda 389 ta fermer xoʻjaliklari mavjud. Shundan 357 tasi paxtachilik va gʻallachilikka, 13 tasi chorvachilikka, 5 tasi parrandachilik hamda 6 tasi bogʻdorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan. Baliqchilik yoʻnalishida esa 2 ta, sabzavotchilik yoʻnalishida 7 ta fermer xoʻjaliklari faoliyat yuritadi.

Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini tashkil etish va rivojlantirish, ular tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish va servis xizmatlari shoxobchalarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Tumanimizda 2020-yilda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan  Dasturga muvofiq 22 ta intensiv bogʻ, 7 ta baliqchilik, 7 ta qoramolchilik, 15 ta qoʻychilik, 2 ta echkichilik, 22 ta parrandachilik, 11 ta asalarichilik tarmoqlari tashkil qilindi. 996 million soʻmlik ushbu loyihalar fermer xoʻjaliklari hisobidan amalga oshirilib, 97 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

 I.POLVONOV, tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari

va tomorqa yer egalari Kengashi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026