PENSIONERLAR DAVLATIMIZNING DOIMIY EʼTIBORIDA
Qariyb yetti oydan beri mamlakatimiz aholisi koronavirus pandemiyasi bilan kurashmoqda. Kasallik tarqalib ketishining oldini olish maqsadida oʻrnatilgan karantin cheklovlari tufayli ayrim toifadagi aholi iqtisodiy qiyinchiliklarga uchradi. Biroq xalqparvar davlatimiz ehtiyojmand oilalarni, keksalarni, nogironlarni qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Prezidentimizning shu yil 30-iyulda qabul qilgan “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni aholini ijtimoiy himoya qilish harakatini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Farmonga muvofiq 2020-yilning 1-sentyabridan boshlab, pensiyalar, bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 barobar oshirildi.
Tumanimizda istiqomat qiluvchi barcha toifadagi pensionerlar joriy yilning sentyabr oyidan nafaqalarini 1,1 barobar oshirilgan miqdorda oʻz vaqtida oldilar.
Bu pandemiya davrida pensionerlarning turmush tarzi yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Bahrom OʻTABOYeV, Byudjetdan tashqari
pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶