OChIQ SUD MAJLISIDA YOʻL-TRANSPORT HODISASIGA DOIR JINOYaT IShI MUHOKAMA QILINDI
Mamlakatimiz hududida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, ogʻir oqibatli yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, haydovchilik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish borasida targʻibot-tashviqot ishlari, reyd tekshiruvlari oʻtkazib borilmoqda. Shuningdek, qoidabuzarliklarga nisbatan koʻrilayotgan choralarning samaradorligini oshirish maqsadida Jinoiy sudlar tomonidan ochiq sud majlislari tashkil etilmoqda.
6-oktyabr kuni Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi binosida navbatdagi ochiq sud majlisi oʻtkazildi. Ushbu sud majlisida Oʻzbekiston Respublikasi JKning
266-moddasi 1-qismi va 117-moddasi 1-qismi bilan gumon qilinuvchi fuqaroga oid jinoyat ishi koʻrib chiqildi.
Dastlabki tergov organi tomonidan ushbu fuqaro kechki payt fuqaro boshqa bir shaxs nomida boʻlgan avtotransport vositasini hech qanday xujjatlarsiz, spirtli ichimlik ichib harakatlanganligi va qoidalarni buzib, yoʻl-transport hodisasini sodir qilganligi aniqlangan. Ushbu hodisa jabrlanuvchisi, yaʼni asfalt yoʻlni velosipedda kesib oʻtayotgan fuqaro oʻzini-oʻzi himoya qilishga ulgurolmay qolgan va jarohatlangan. Hodisani sodir qilgan aybdor esa yordam koʻrsatmasdan, uning hayoti va sogʻligʻini xavf ostida qoldirib, hodisa sodir boʻlgan joydan qochib ketgan.
Sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga koʻra, jabrlanuvchi “ogʻir” darajadagi tan jarohatini olgan. Shu sababli huquqbuzarlik sodir qilgan fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi va 117-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblangan.
Ochiq sud majlisida gumon qilinuvchi, jabrlanuvchi, jabrlanuvchining qonuniy vakili va fuqaroviy daʼvogarlar soʻzlari eshitildi. Prokurorning fikri tinglanib, ish materiallari bilan taqqoslab, tekshirilib chiqildi va yoʻl-transport hodisasiga doir mazkur jinoyat ishi tomonlarning yarashganligi munosabati bilan harakatdan tugatildi.
S.Davletmuradov, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶