BOLALAR – DAVLATIMIZ DOIMIY EʼTIBORIDA, ARDOGʻIDA
Afsuski, keyingi vaqtlarda bugungiday farovon kunda ham oʻz bagʻridan ungan bolalarini sotayotgan, hayotiga qasd qilayotgan otalar, onalar uchrab turibdi, “kim bilib oʻtiribdi” degan xayolda koʻchaga tashlab ketayotganlar ham bor.
Mamlakatimizda onalik va bolalikka ulkan eʼtibor qaratilayotgan, goʻdaklarning sogʻlom boʻlib ulgʻayishi, intellektual salohiyatli insonlar boʻlib kamolga yetishi yoʻlida cheksiz gʻamxoʻrliklar qilinayotgan bir vaqtda oʻzining hayotidagi muammolari sabab bunday tubanlikka borayotgan odamlar qilmishlariga yarasha odil sud oldida javob berishga majbur boʻlishmoqda. Tumanimizning olis hududlaridan birida istiqomat qiluvchi Botir (ism oʻzgartirildi) ham johilligi sabab sudning qora kursida oʻtirdi.
Gap shundaki, u odatdagi kunlarning birida oʻgay qizini uxlatmoqchi boʻldi. Biroq qizaloq hadeganda uxlayvermay, xarxasha qilaverdi. Bundan xunob boʻlgan Botir norasidani qoʻllari bilan urib, tan jarohati yetkazdi. Bu harakatlari bilan u bir erkalashga, “bolam” degan iliq soʻzga muhtoj qizaloqning sogʻligʻi buzilishiga sababchi boʻldi.
Yaqinda boʻlib oʻtgan Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudining ochiq sud majlisida Botirning bu qilmishi atroflicha muhokama etilib, qonuniy hukm chiqarildi.
S.DAVLETMURODOV, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶