IQTIDORLI ŞOGIRD
Iqtidorsiz insonning özi bölmaydi. Faqat kiçik yoşdan oilada kattalar, ota-ona va taʼlim muassasalarida ustozlar yaqindan kömak berişsa, har qanday boladagi isteʼdod yanada şakllanib, rivojlanadi va yuzaga çiqadi.
Behruz Jumamurodov ham bolalikdan sanʼatga, musiqaga ixlosi boşqaçaligini namoyon qila boşladi. Ayniqsa, ovuldagi 29-sonli maktabga 1-sinfga öqişga borganidan söng, tadbirlarda qönğiroqday ovozi bilan aşulalar ijro etib, iqtidor egasi ekanligini körsatdi. Behruzdagi isteʼdodni allaqaçon payqagan ota-onasi maktabdagi ustozlar tavsiyasi bilan Qangli madaniyat markazida taşkil etilgan rubob tögaragiga olib borişdi.
Madaniyat markazida estrada va rubob yönalişlari böyiça 30 nafardan ziyod bolaga sanʼat sirlarini örgatayotgan tögarak rahbarlari Behruzni dastlab qaysi sanʼat turiga köproq qiziqişini aniqlab olişdi. Uning özi ham musiqa asbobini çalişga, ham qöşiq aytişga qiziqişini aytib, rubob tögaragini tanladi va ustozi Olimboy Yeşimbetovdan sanʼat sirlarini, mahoratini örgana boşladi.
- Behruz iqtidorli böliş bilan birga intiluvçan, tirişqoq, – deydi “Qangli” madaniyat markazining rubob tögaragi rahbari O.Yeşimbetov. – Eşitiş, qabul qiliş, özlaştiriş darajasi juda yaxşi. Qisqa fursat içida rubob çalişni örganib oldi. Özi musiqa çalib, özi qöşiq aytadi. U eng iqtidorli şogirdim.
“Qangli” madaniyat markaziga ovul hududidagi 5 ta maktab, 8 ta aholi punktidan sanʼatsevar yoşlar taşrif buyurib, iqtidorlarini rivojlantiradi. Markaz mudiri, murabbiylar D.Endirboyev, O.Yeşimbetovlar ularning isteʼdodlarini şakllantiriş, yuzaga çiqariş maqsadida astoydil şuğullanişadi. Murabbiylar ularning sahnaga çiqişlariga, ovuldagi bayram tadbirlari, tuman markazida ötkaziladigan katta tadbirlarda yaxşi kuy va qöşiqlari bilan qatnaşişlariga imkoniyat yaratib, qiziqişlarini yanada orttiradi. Ayniqsa, markazdagi tögaraklarning havaskor yoşlari tomonidan tayyorlangan bayram dasturlari, tomoşalari bayramlarga fayz bağişlaş bilan birga aholiga kötarinki kayfiyat, bayram ruhini bağişlaydi.
Behruz ham mana şunday tadbirlarda iştirok etib, özini tanitdi. Tögarak maşğulotlarida örgangan 15 taça kuy va qöşiqlardan “Çamanda gul”, “Gullar raqsi”, “Örganamiz-örgatamiz” kabi qöşiqlari allaqaçon öz muxlislarini topdi. Ötgan yillar davomida “Isteʼdod şou” tanlovining hududiy bosqiç ğolibi böldi. Tuman Madaniyat markazida ötkazilgan çoraklik hisobot kontsert dasturlarida ham faollik körsatdi. “Mustaqillik farzandlarimiz” onlayn körik-tanlovida esa yakka ijroçilik yönalişi böyiça ham faxrli 1-örinni egalladi. Şuningdek, mustaqilligimizning 29 yilligiga, Öqituvçi va murabbiylar kuniga bağişlab ötkazilgan onlayn kontsert dasturlarida özining sevib ijro etadigan qöşiqlari bilan iştirok etib, ustozlari, ota-onasi va muxlislarining mehrini, eʼtiborini qozondi.
Yoş isteʼdod egasi Behruz Jumamurodov sanʼat yöliga endi qadam qöydi. Soz sehri çulğagan könglida kuy va qöşiqqa havas bor. U kelajakda sanʼat sohasida davom etişni maqsad qilgan. Özi intilişda davom etsa, şu bilan birga ustozlari, ota-onasi uni qöllab-quvvatlasa, albatta, maqsadiga yetadi va Amudaryodan yetişib çiqqan isteʼdodli sanʼatkorlar safi yana köpayadi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶