“Madad” NNT aholiga bepul huquqiy maslahat bermoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra mamlakatimiz boʻylab, shu jumladan tumanimizda ham tashkil etilgan “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti qisqa vaqtda oʻz faoliyatini keng yoʻlga qoʻydi. “Madad” NNT aholiga bepul huquqiy maslahat hamda amaliy huquqiy yordam koʻrsatadi. Muassasa fuqarolarga bevosita hamda onlayn rejimda bepul huquqiy maslahat beradi. Huquqiy maslahat berishga oid murojaatlarni tahlil qilgan holda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad, aholiga huquqiy masalalar boʻyicha birlamchi bepul yuridik yordam koʻrsatib, xalqqa xizmat qilishdir. Adliya vazirligi huzurida tashkil etilgan tashkilotning tuman boʻlimi tuman DXM binosida faoliyat yuritib, yurtdoshlarimizga huquqiy maslahatlar berib kelmoqda.
Yurtdoshlarimizning huquqiy madaniyatini, bilimlarini yanada oshirish, ularni qiynayotgan muammolarni oʻrganib, huquqiy maslahatlar berish orqali masalaga yechim topishga yoʻl-yoʻriq koʻrsatish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, tuman adliya boʻlimi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti vakillari tumanimizdagi mahallarda uyma-uy yurib, aholi muammolari oʻrgandilar hamda bepul huquqiy maslahatlar berdilar.
Aytish joizki, Adliya organlari va muassasalarining asosiy vazifalaridan biri – fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish boʻyicha choralarni koʻrish, huquqiy targʻibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini yetkazish, aholining huquqiy savodsizligini yoʻq qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi.
Joriy yilning 8-oktyabr kuni Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev raisligida jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini taʼminlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishida ishchiz yoshlar va xotin-qizlarga huquqiy koʻmak berish muhimligi, bunda ularga tuman (shahar) adliya boʻlimlari orqali bepul huquqiy maslahatlarni berish tizimini tashkil qilish lozimligi koʻrsatib oʻtildi. Belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida mutlaqo yangi huquqiy maslahat berish tizimini tashkil qilindi. Ushbu tizim orqali aholining huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni yangi darajaga koʻtarish maqsadida respublika boʻyicha maxsus ishchi guruhlar shakllantirildi hamda karantin talablariga qatʼiy amal qilingan holda aholi bilan muloqot shaklida tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda Adliya vazirligi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan mamlakatimizdagi 170 ortiq mahallalarda jami 1530 ta fuqarolarga tegishli tartibda bepul huquqiy maslahatlar berilib, murojaatlar ijobiy hal qilinmoqda.
Taʼkidlash kerakki, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti “Huquqiy madad - hammaga, har doim, hamma joyda!”, “Huquqiy maslahat - bepul, tezkor, hammaga!” kabi shiorlar ostida aholiga begʻaraz huquqiy maslahatlar va tushuntirishlar koʻrsatish orqali ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga koʻmaklashib kelmoqda.
Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶