28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:14
Iqtisodiyot 👁 273

BANKROT KORXONANI TUGATISh TARTIBI VA MUDDATLARI IQTISODIY SUD TOMONIDAN BELGILANADI

BANKROT KORXONANI TUGATISh TARTIBI VA MUDDATLARI IQTISODIY SUD TOMONIDAN BELGILANADI

Barchamizga maʼlumki, samarasiz faoliyat yuritadigan, istiqbolsiz korxona va tashkilotlar davlat va jamiyat manfaatlariga, shu jumladan, ularning kreditorlari manfaatlariga sezilarli darajada zarar yetkazadi. Shunday ekan, bunday xoʻjalik yurituvchi subʼektlar faoliyatini oʻz vaqtida tugatish yoki sogʻlomlashtirish sud boshqaruvchilarining ishlarni puxta tashkil etishlariga chambarchas bogʻliq hisoblanadi. Ushbu jarayonlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun qonunchilikda tegishli muddatlar belgilab berilgan.

Jumladan, “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 124-moddasiga koʻra, iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi tugatishga doir ish yuritishning boshlanishiga sabab boʻladi. Tugatishga doir ish yuritish muddati toʻqqiz oydan oshishi mumkin emas. Zarurat boʻlganda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra yoki iqtisodiy sudning tashabbusi bilan bu muddat koʻpi bilan uch oyga uzaytirilishi mumkin.

Iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran qarzdorning boshqaruv organlari qarzdorning mol-mulkini boshqarish va tasarruf etish vazifalarini bajarishdan, agar ilgari chetlashtirilmagan boʻlsa, chetlashtiriladi, qarzdor rahbarining vakolatlari tugatiladi. Qarzdorning ishlarini boshqarish tugatish boshqaruvchisiga yuklatiladi. Shuningdek, qarzdorning mol-mulkini boshqarish va tasarruf etish boʻyicha mulkdorning vakolatlari tugatiladi. Tugatish boshqaruvchisi qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish yoki mazkur rahbarni boshqa ishga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Qonunning 128-moddasiga binoan qarzdor korxonaga tugatish boshqaruvchisi tayinlangan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida qarzdorning buxgalteriya va boshqa hujjatlari, muhr va shtamplari (muhrlar va shtamplar mavjud boʻlgan taqdirda), moddiy va boshqa qimmatliklarini tugatish boshqaruvchisiga topshirilishini taʼminlashi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-iyundagi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan maʼlumotlarni eʼlon qilishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 160-son qaroriga asosan “Birja” va “Soliq info” gazetalari bankrotlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinadigan rasmiy nashrlar etib belgilangan. Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tugatish boshqaruvchisi boshqaruvchilikka tayinlangan paytdan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay rasmiy nashrda eʼlon qilish uchun yuborishi lozim.

Qonunning 127-moddasi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisiga binoan kreditorlar maʼlumotlar rasmiy nashrda eʼlon chiqqan sanadan eʼtiboran kamida bir oy ichida tugatish boshqaruvchisiga oʻz talablarini qoʻyishlari mumkin. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlanganidan keyin tugatish boshqaruvchisi iqtisodiy sudga tugatishga doir ish yuritishni oʻtkazish natijalari haqida hisobot taqdim etishi shart.

Qonunning 144-moddasiga koʻra, tugatishga doir ish yuritish taomilini oʻtkazish natijalari toʻgʻrisida tugatish boshqaruvchisi tomonidan taqdim etilgan hisobot koʻrib chiqilganidan keyin iqtisodiy sud tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi haqida ajrim chiqaradi va tugatish boshqaruvchisi zimmasiga mazkur ajrimni yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga oʻn kun ichida taqdim etish majburiyatini yuklaydi.

Iqtisodiy sudning ajrimi yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga qarzdor tugatilganligi toʻgʻrisida yozuv kiritilishi uchun asos boʻladi. Reyestrga tegishli yozuv iqtisodiy sudning mazkur ajrimi taqdim etilgan paytdan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay kiritilishi lozim.

Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga qarzdor tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuv kiritilgan paytdan boshlab, tugatish boshqaruvchisining vakolatlari tugatilgan, tugatishga doir ish yuritish tamomlangan, qarzdor esa tugatilgan deb hisoblanadi.

Q.Xojamurodov, Beruniy tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026