KORRUPTsIYa VA PORAXOʻRLIKNING OLDINI OLISh – DOLZARB VAZIFA
Insoniyatning azaliy muammolaridan biri bu korruptsiya. Korruptsiya mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalariga taʼsir etib, iqtisodiy sohada mamlakatning nazorat qilish funktsiyasining susayishi, raqobat mexanizmlari ishlamasligi, mulk huquqining poymol qilinishiga, tovar va xizmatlar baholarining oshishiga olib kelishi, ijtimoiy sohada xalqning sotsial tabaqalanishiga, qonun ustuvorligi printsipining obroʻsizlanishi, siyosiy sohada esa xalqning hukumatga ishonchi yoʻqolishiga olib keladi.
Oʻzbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarning samarali amalga oshishiga zamin yaratuvchi va korruptsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini oʻzida aks ettirgan, Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda maʼqullangan va Prezident tomonidan 2017-yil 3-yanvar kuni imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida” gi Qonuni amalga kiritildi.
Mazkur Qonun 34 moddadan iborat boʻlib, unda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish koʻzda tutilgan.
Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati davlat dasturlari va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkinligi koʻrsatilib, korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari Oʻzbekiston Respublikasida Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti masʼul hisoblanadi. Undan tashqari, korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etildi.
Taʼkidlash joizki, korruptsiya kelib chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, qonunlarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlash, korruptsiyani keltirib chiqaruvchi holatlarning oldin olish choralarini koʻrish har bir davlat organining rahbar shaxslari va fuqarolarning vazifasi boʻlishi kerak.
Q.Atamurodov, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶