KUZ-QISh MAVSUMIDA ISTEʼMOLChILARGA UZLUKSIZ TABIIY VA SUYuLTIRILGAN GAZ YeTKAZIB BERISh ChORALARI KOʻRILDI
Tabiiy gazsiz bugungi kunda turmushimizni tasavvur qilishimiz qiyin. Yashash xonadonlarimizni isitishdan tortib, kun davomida ovqat, choy tayyorlashdagi ahamiyatini hech narsaga qiyoslab boʻlmaydi. Shu boisdan ham “Hududgaz Qoraqalpogʻiston” filialining “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan 2020-2021-yillar kuz-qish mavsumida aholi xonadonlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan bir maromda va uzluksiz taʼminlash uchun puxta tayyorgarliklar olib borildi.
“Hududgaz Qoraqalpogʻiston” filiali “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan tumanimiz boʻyicha 13466 xonadon tabiiy gaz bilan taʼminlanib kelinayotir.
Hozirgi kunda tumanimizdagi mavjud jami 39 ming 574 xonadonning 13 ming 466 tasi tabiiy, 26 ming 108 tasi esa suyultirilgan gaz bilan taʼminlanmoqda.
2020-2021 kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida filialning “Avariya tiklash” xizmati tun-u kun faoliyat yuritmoqda.
Tabiiy gaz taʼminotida uzilishlar boʻlmasligi uchun rejaga muvofiq jami 230 dona gaz taqsimlash qurilmalarining barchasi taftish qilindi. Gaz taqsimlash qurilmalarini mukammal taʼmirlash, gaz quvurlarini bosim ostida zichlikka sinash, yer osti gaz quvurlarining holatini pribor usuli bilan tekshirish rejalari toʻla ado etildi, gaz quvurlarini boʻyash ishlari 178 foizga bajarildi.
Shuningdek, Mangʻit shahrining Gurlan koʻchasidagi oʻrta bosimli 1,2 km., Farovon va Olmazor mahallalari hududlaridagi yuqori bosimli 1,6 km., Qipchoq koʻchasidagi oʻrta bosimli 1,2 km. gaz tarmoqlari taʼmirlanib, boʻyaldi.
Shu kungacha 504 xonadonga yangi elektron gaz hisoblagich oʻrnatildi.
Tumanimizning tabiiy gaz yetmasligi tufayli suyultirilgan gazdan foydalanayotgan 12 786 ta va tabiiy gaz tarmogʻi tortilmagan 13 747 ta xonadonlariga suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda. Xolimbeg servis markazi, Kuyuk koʻpir, Qipchoq, Oq oltin, Qangli, Boʻzyop, Doʻrman ovullaridagi shoxobchalar, filial markaziy omborxonasi aholini uzluksiz suyultirilgan gaz bilan taʼminlayotir.
Mazkur shoxobchalarga uzoq boʻlgan hududlar – Toshqalʼa, Yuqori qishloq, Beshovul, Xizr eli, Choykoʻl, Jumurtov, Qoramon, Toʻlqin, Bosuv, Oʻrta qalʼa, Arna boʻyi, Amir Temur nomli, Nazarxon kabi ovul va mahallalar aholisiga esa maxsus avtomashinalarda suyultirilgan gaz ballonlari yetkazilmoqda.
Aholiga shu yilning 13-oktyabr holatiga 2775 tonnadan ziyod suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Joriy yil uchun belgilangan limit esa 3748,59 tonnadir. Hozirgi kunda aholiga jami ijaraga tarqatilayotgan 27 ming 53 dona maishiy gaz ballonlarining 595 tasi joriy yilda yangidan olinib, foydalanishga berilmoqda.
Amalga oshirilgan buningdek keng koʻlamli ishlar natijasida yaqinlashib kelayotgan kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarga uzluksiz tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berilishi taʼminlanadi.
Jasur YeRMETOV, “Hududgaz Qoraqalpogʻiston” filiali “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi.
Q.MATIRZAYeV, Suyultirilgan gaz bilan taʼminlash boʻyicha yetakchi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶