PENSIYaDAN ChEGIRMALAR SUD QARORI BOʻYIChA UNDIRILADI
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 65-moddasida qanday hollarda pensiyalardan chegirmalar boʻlishi mumkinligi koʻrsatilgan. Unga koʻra, pensiyalardan chegirmalar sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari va hukmlari, notarial idoralarning ijro varaqalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimining qaroriga binoan – pensionerga uning tomonidan qilingan suiisteʼmolliklar oqibatida, yaʼni qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar taqdim etmaslik natijasida, hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya miqdoridan ortiqcha pullar toʻlangan taqdirda qilinishi mumkin.
Shuningdek, pensioner Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimining pensiyadan ortiqcha toʻlangan summalarni ushlab qolish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, aniqlangan qarzdorlik sud tartibida, biroq uning aniqlanish sanasidan uch yildan koʻp boʻlmagan davr uchun undiriladi.
Pensiyalardan yuqorida koʻrsatib oʻtilganidan tashqari, boshqa hech qanday chegirmalar qilish mumkin emas. Pensiyadan chegirmalar qilish miqdori pensionerga toʻlanishi lozim boʻlgan puldan hisoblab chiqariladi. Har oylik chegirmalar miqdori pensiyaning 50 foizidan oshishi mumkin emas. Ortiqcha toʻlangan pensiya puli boʻyicha qarzdorlik toʻliq uzilgunga qadar pensiya toʻlash toʻxtatilgan hollarda qolgan qarz sud tartibida undiriladi.
Z.Bazarbayeva, Nukus shahar Adliya boʻlimi bosh maslahatchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶