Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tadbir ötkazildi
Azal azaldan xalqimiz tabiblik, şifokorlik kasbi bilan şuğullanuvçilarni eʼzozlab, ularga hurmat-eʼtibor körsatib keladi. Yurtimizda uşbu soha jonkuyarlarini yanada qöllab-quvvatlaş maqsadida har yili noyabr oyining ikkinçi yakşanbasi “Özbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kuni” sifatida belgilanib, uşbu sana şifokorlar bayrami sifatida keng nişonlanib kelinmoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimizda aholiga jahon andozalari darajasida, yuqori tibbiy texnologiyalar vositasida birlamçi tibbiy-sanitariya yordamidan tortib, ixtisoslaştirilgan tibbiy xizmat körsatişgaça bölgan böğinni qamrab oluvçi mukammal tizim yaratilgani tufayli hamda tibbiyot sohasi xodimlarining maşaqqatli mehnatlari samarasi ölaroq aholining soğlom turmuş tarzi taʼminlanib, örtaça umr köriş körsatkiçi uzaydi.
Uşbu sana munosabati bilan 6-noyabr kuni Amudaryo tumani tibbiyot birlaşmasida tadbir ötkazildi. Unda tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov iştirok etib, hokimlik nomidan tuman Tibbiyot birlaşmasi xodimlarini kasb bayramlari bilan tabrikladi.
Tadbirda sözga çiqqanlar yurtimizda tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar xususida töxtalib, şifokorlik kasbi eng masʼuliyatli va maşaqqatli kasb ekanligi, ayniqsa, butun dunyoda keçayotgan hozirgi oğir pandemiya şaroitida tibbiyot fidoyilari haqiqiy qahramonlik körsatayotganini alohida taʼkidladilar.
Çindan ham, mamlakatimizda bugungi kunda tibbiyot sohasi vakillarining jamiyatdagi örni va maqomini kuçaytiriş, ularga nisbatan xalqimiz hurmatini oşiriş, munosib mehnat şaroiti yaratiş va daromadini köpaytiriş böyiça köplab amaliy çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Soha vakillarining moddiy manfaatdorligini oşiriş, samarali işlaşi uçun munosib şart-şaroitlar yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Prezidentimizning 2018-yil 7-noyabrdagi “Davlat tibbiyot muassasalari va soğliqni saqlaşni boşqariş organlari xodimlarini moddiy rağbatlantirişni kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq, soha xodimlarining mehnatiga haq tölaş miqdorlari oşirilganligi ana şu eʼtibor samarasidir.
Qolaversa, sohada amalga oşirilayotgan islohotlar natijasida, endilikda tibbiy xizmatning asosiy vazifasi kasalliklarni davolaş emas, balki ularning oldini olişga, aholining salomatlik körsatkiçlarini yaxşilaşga, uzoq umr körişiga hissa qöşişga yönaltirilganligi bilan ahamiyatlidir.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni soğliqni saqlaş tizimining birlamçi böğinini takomillaştiriş hamda aholi örtasida soğlom turmuş tarzini şakllantiriş çora-tadbirlari yuzasidan ötkazgan videoselektor yiğilişida soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş, soha xodimlarining mehnatini munosib qadrlaş, malakali kadrlar tayyorlaş, xorijiy tibbiyot markazlari va oliygohlari bilan ilmiy-amaliy hamkorlikni kuçaytiriş masalalari davlatimizning doimiy eʼtiborida bölişi taʼkidladilar.
Işonamizki, Abu Ali ibn Sinodek buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari, Özbekiston tibbiyot maktabi anʼanalarining davomçilari bölgan azizlar şifkorlarimiz olijanob burçlarini bundan buyon ham şaraf bilan ado etajidar.
Tadbirda inson salomatligi uçun masʼul, hayotimiz mazmunli va bardavom bölişi uçun jon kuydirayotgan, özini qöyib, boşqalarga hayot baxşida qilişga qasam içgan va fidoyi bir guruh tibbiyot xodimlari tuman hokimligi tomonidan munosib rağbatlantirildi. Namunali tibbiyot xodimlari faxriy yorliq hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Fursatdan foydalanib barça tibbiyot xodimlarini kasb bayramlari bilan muborakbod etamiz.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶