TARGʻIBOT TADBIRLARI XALQIMIZGA MAʼNAVIY KUCh BAGʻIShLAMOQDA
“Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida boʻlib oʻtayotgan targʻibot tadbirlari 13-noyabr kuni tumanimizdagi Holimbeg, Oʻrtaqalʼa, Kuyukkoʻpir va Xitoy ovullarida hamda Bogʻ, Arnaboʻyi, Tor yop mahallalarida davom etdi. Tadbirlar mazkur hududlardagi 35-, 12-, 13-, 27-sonli maktablarda oʻtkazildi. Shuningdek, 21-, 19-, 85-sonli umumtaʼlim maktablari binolarida va “Temur Anvara” kafesida ham targʻibot uchrashuvlari tashkil etildi.

Madaniy-maʼrifiy targʻibot tadbirlariga aholi vakillari, birinchi navbatda, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand xotin-qizlar, keksa avlod vakillari jalb etildi. Hududlarda kitobxonlik muhitini yaratish, ayniqsa, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirishning ahamiyati xususida yoshlar va keksa avlod vakillari tomonidan ham qimmatli fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, kitob mutolaasining inson hayotida tutgan oʻrni oʻta muhimligi haqida samimiy, dildan suhbatlar tashkil etildi.
Tadbirlarda umumtaʼlim maktablari oʻquvchi-yoshlari mamlakatimizda ama1lga oshirilayotgan islohotlar jarayonida oʻzlarining ham ishtiroki borligini, ayniqsa, Prezidentimizning beshta muhim tashabbusini amaliyotga joriy etish borasidagi harakatlar yoshlarning hayotiga ijobiy oʻzgarishlar olib kirgani haqida toʻlqinlanib gapirdilar.
Shuningdek, aholi vakillari mahalla tizimida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari” yoʻlga qoʻyilgani, ushbu yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlarning ijtimoiy ahamiyati xususida oʻz fikrlarini bildirdilar.
Tumanimizga tashrif buyurgan taniqli davlat va jamoat arboblari, sanʼat, adabiyot va madaniyat hamda sport sohasi namoyondalaridan iborat targʻibot guruhi mahallalarda tashkillashtirilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etib, aholi vakillari va yoshlar bilan muloqotda boʻldilar. Ishchi guruh aʼzolari aholini yurtimizda va dunyoda boʻlayotgan siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy vaziyatdan xabardor qilgan holda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka taʼsirli vositalar orqali yetkazishmoqda. Ayniqsa, tumanimizning oʻziga xos xususiyatlari, aholining yosh toifalari, oilalar tarkibi inobatga olingan holda oʻtkazilayotgan samimiy suhbat, sheʼrxonlik, kitobxonlik targʻibotiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy muloqot tadbirlari barchaga manzur boʻlmoqda.
Robiya Yoʻldosheva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶