TARGʻIBOT GURUHI AʼZOLARI OVUL VA MAHALLALARDA KENG MIQYoSDAGI TADBIRLARNI OʻTKAZIShMOQDA
Taniqli davlat arboblari, ijodkorlar, sanʼatkorlar, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, oʻz faoliyatida koʻpgina yutuqlarga erishgan tadbirkor yoshlardan iborat targʻibot guruhi aʼzolari 14-noyabr kuni Boʻzyop ovulidan 10-sonli maktabda, Namuna mahallasidagi 52-sonli maktabda, Oʻzbekiston mahallasidagi 44-sonli, Qizilcholi mahallasidagi 9-sonli, Bobur nomli ovuldagi 86-sonli maktablarda, Jumurtov shaharchasidagi “Zilola” kafesida, Jumurovul mahallasidagi 48-sonli maktabda, Oq oltin ovulidagi 7-sonli maktabda boʻlishib, aholi vakillari, oʻquvchi-yoshlar bilan uchrashdilar. Targʻibot guruhi aʼzolarini oʻquvchilar oʻzlarining qoʻl mehnati mahsuli boʻlmish bichish-tikish, toʻqish namunalari, yurtimizning betakror manzaralari aks ettirilgan tasviriy sanʼat namunalari joy olgan koʻrgazmalar, kontsert dasturlar, turli sport mashgʻulotlari namoyishlari bilan qarshi oldilar.
Tadbirlarda targʻibot guruhi aʼzolari mamlakatimizda inson omiliga qaratilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrliklar, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimizga yetkazish bilan bir qatorda aholining koʻnglini koʻtarishga xizmat qiluvchi chora-tadbirlarni ham amalga oshirishmoqda. Aholi taniqli sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʻshiq, raqslarni maroq bilan tomosha qilib, madaniy hordiq chiqarmoqda. Shuningdek, kitob koʻrgazmalari ham ishtirokchilarda ulkan taassurot qoldirib, koʻngillarida kitobxonlikka ragʻbat uygʻotayotir.
Targʻibot guruhi aʼzolari tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlarda mahalliy aholi tomonidan bildirilgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va takliflar sektorlar rahbarlari ishtirokida oʻrganilib, tezkor hal etish yuzasidan amaliy ishlar qilinmoqda.
Targʻibot guruhining tumanimiz aholisi bilan uchrashuvlari davom etmoqda.
Oygul Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶