ChEKKA HUDUDLAR AHOLISIGA KOʻMIR YeTKAZIB BERILMOQDA
Kuz-qish mavsumida aholiga “Qoraqalpoq koʻmir taʼminot” MChJning tumandagi ombori masʼullari tomonidan koʻmir mahsulotlari yekazib berilmoqda.
Mazkur MChJning Kuyuk koʻpir ovulida joylashgan ombori masʼullari zarurat boʻlgan hududlarga mahsulotni belgilangan hajmda, oʻz vaqtida yetkazmoqda. Ayni paytda bu yerda D.Sattorov boshchiligidagi 18 nafar ishchi-xodim 1 ta yuklovchi hamda 2 ta yuk tashuvchi texnikalari yordamida tuman aholisini koʻmir mahsuloti bilan taʼminlash borasida faoliyat olib borishmoqda.
Tumanimizda koʻmir mahsulotlarini gʻamlash va yetkazib berish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Koʻmir mahsuloti narxi arzon boʻlishi uchun uni yetkazib beruvchi tadbirkorlarga temir yoʻlda tashish boʻyicha chegirma berilishi rejalashtirildi.
Omborda koʻmir briketlari ham ishlab chiqarilib, tumanimizdagi korxona-tashkilot, muassasa, ijtimoiy soha obʼektlari, shuningdek, aholiga kerakli miqdorda yetkazib berilmoqda.
Joriy yilgi kuz-qish mavsumi uchun koʻmir mahsulotini yetkazib berish rejasi 13180 tonnani tashkil etadi. Shundan 2205 tonna koʻmir ijtimoiy soha obʼektlari, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi, Tibbiyot birlashmasi, Maktabgacha taʼlim boʻlimi, kollejlarga yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Bu boradagi reja 100,7 foizga bajarilib, amalda 2290 tonna koʻmir mahsuloti yetkazib berildi.
Rejadagi 13180 tonnaning 10198 tonnasi koʻmir, 5187 tonnasi briketdan iborat boʻlib, shu davrga qadar jami 7803 tonna koʻmir mahsuloti joylarga yetkazildi.
Shu paytga qadar tuman hokimligi tomonidan yordam tariqasida 65 ta kam taʼminlangan oilalarning har biriga 500 kilogrammdan koʻmir maqsuloti tarqatildi.
Charos Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶