HARBIY XIZMATGA ChAQIRILUVChILAR TANLAB OLINMOQDA
1994-2003-yillarda tugʻilgan fuqarolarni 2021-yilgi chaqiruvga tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-aprel kungi “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 291-sonli qarori talablariga muvofiq Amudaryo tumani hokimi qarori bilan tayinlangan Tanlov Kengashi bilan hamkorlikda belgilangan reja va jadvallar asosida chaqiriluvchilarni tanlab olish tadbirlari olib borilmoqda.
Rejaga asosan joriy yilning 25-sentyabr va 14-29-oktyabr kunlari chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarligi sinovdan oʻtkazildi.
Ushbu umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan chaqiriluvchilar tuman MIB boshligʻi tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan yakka tartibdagi suhbat sinovidan oʻtkazildi.
Chaqiriluvchilar bilan suhbat jarayonida ularning Oʻzbekiston tarixi, buyuk ajdodlarimiz A.Temur, Jaloliddin Manguberdi, Bobur va boshqa buyuk sarkarda bobolarimiz haqidagi bilimlari aniqlandi. Suhbat jarayonida Tanlov Kengashi aʼzolari chaqiriluvchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi hamda ularni buyuk ajdodlarimiz kabi vatanparvar, elparvar va fidoyi boʻlishga undadilar.
Qurolli Kuchlar tarkibini vatanparvar, fidoyi va sadoqatli yoshlar bilan butlash maqsadida tuman Tanlov Kengashi tomonidan olib borilgan yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan chaqiriluvchilar muddatli harbiy xizmatga tavsiya etildilar.
Tumanimizda Tanlov Kengashi bilan hamkorlikda chaqiriluvchilarni tanlab olish ishlari davom etmoqda.
Tohir Boltayev, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi chaqiruv boʻlinmasi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶