TÖĞRI OVQATLANIŞ – JISMONIY FAOLLIK VA SOĞLOM HAYoT ASOSI
Respublikamizda töğri ovqatlaniş va soğlom turmuş tarzi masalasiga davlat siyosati darajasida ahamiyat qaratilmoqda.
Prezidentimizning 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining soğlom ovqatlanişini taʼminlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 4887-sonli Qarori bilan 2022-yilga qadar yuqumli bölmagan kasalliklar profilaktikasi, soğlom ovqatlaniş, soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va jismoniy faollik darajasini oşiriş böyiça çora-tadbir işlab çiqilib, tasdiqlandi.
Prezident Qarorining ijrosini taʼminlaş maqsadida 2021 – 2022 öquv yilidan boşlab maktabgaça taʼlim taşkilotlarida “Şaxsiy gigiyena va jismoniy tarbiya asoslari” maşğulotlari, umumiy örta taʼlim maktablarida 1-4-sinflar uçun Tarbiya va Atrofimizdagi olam fanlari, yuqori sinflar uçun biologiya fani tarkibida töğri ovqatlaniş va soğlom turmuş tarzini şakllantiriş böyiça “Salomatlik saboqlari” mavzulari kiritiladigan böldi.
Gohida turmuş taşvişlari deb vaqtida ovqatlaniş tartibi buziladi. Şuning uçun har qanday şaroitda öz vaqtida ovqatlaniş zarur.
Ovqatlaniş jarayonida turli mahsulotlardan töğri foydalanişni örganiş muhim ahamiyatga ega.
Tabiiy mahsulotlar isteʼmoli kasallik keltiruvçi omillarni yengib ötişga kömaklaşadi.
Şuningdek, badantarbiya bilan şuğullaniş, oçiq havoda köproq piyoda yurişning ham ahamiyati muhim. Töğri ovqatlaniş va badan tarbiya öz naslimizni himoya qila bilişimizdir.
Xulosa şuki, töğri ovqatlaniş madaniyatiga eʼtibor bermasak, nafaqat kasallik köpayişiga, balki, naslimizning buzilişiga ham sababçi bölamiz.
J.YaVQAŞEV, Aholi soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va jismoniy faolligini oşiriş Markazi tuman bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶