FIRIBGARLARGA ALDANIB QOLMANG!
Hozirgi kunda keng omma foydalanayotgan “Telegram”, “Instagram” ijtimoiy tarmoqlarida oson pul yutushni targʻib qiluvchi turli shaxslar, kanallar, guruhlar borki, ular ushbu ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining soddaligidan foydalanib, ularga har xil vaʼdalar berib, plastik kartasidagi pullarni yashirin ravishda boshqa plastik kartaga oʻtkazib olib, oʻzlashtirishadi.
Ushbu firibgarlikni amalga oshirish stsenariysi deyarli bir xil – yaʼni, foydalanuvchi profiliga “Siz falon ming soʻm miqdorida pul yutdingiz” degan mazmundagi xabar keladi. Foydalanuvchi ushbu xabarga ishonib, yutuqni qanday qilib olish haqida soʻraydi. Firibgar esa “agar plastik kartangiz boʻlsa, raqamini aytsangiz shunga tashlaymiz”, desa bilingki, bu juda shubhali. Chunki plastik karta raqami aytilsa, uning hisobidagi pullarni yechib olishga imkon yaratildi, degani. Yechib olish uchun esa bank plastik karta paroli aniqlansa boʻldi.
Shu sababli firibgar “pulni oʻtkazish uchun parolingiz kerak, boʻlmasa oʻtkazish imkonsiz” deydi. Parol aytilgach esa bank plastik kartasidagi hamma pullar yechib olingan, yutuqni vaʼda qilgan odamning profili ham, akkaunti ham birdan oʻchgan boʻladi. Shuning uchun ijtimoiy tarmoqlardagi har xil oson pul topishni targʻib qiluvchi turli shaxslar, kanallar, guruhlarga aʼzo boʻlmaslik, yuqoridagi kabi shubhali xabarlarga javob qaytarmaslik firibgarlarga aldanib qolishning oldini oladi.
U.Poʻlatov, tuman IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash guruhi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶