Diareya - xavfli kasallik
Iç ketiş (ötkir diareya) köproq bolalarda uçrab, "iflos qöl kasalliklari” içburuğ, salmo-nellyoz, ovqatdan zaharlaniş, qorin tifi kabi köpgina yuqumli oşqozon içak kasalliklarining belgisi hisoblanadi.
Diareya kasalliklarini bakteriyalar, viruslar keltirib çiqaradi va mevalar, poliz mahsulotlarini yuvmasdan isteʼmol qilganda, sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qiliş orqali yuqadi.
Diareya kasalligida içning uzoq vaqt tez-tez ketişi oqibatida bemor köp miqdorda suyuqlik yöqotadi, natijada bolaning tanasi qurib boradi. Bu hol öz navbatida qon aylanişi jarayonining buzilişiga olib keladi. Bemor hayotini xavf ostiga qöyişi mumkin. Agar bemorning içi tez-tez va suyuq ketsa, köngli aynisa, qussa, najasida şilimşiq modda, yiring yoki qon bölsa, zudlik bilan şifokorga murojaat etişi zarur.
Bemorga vraç kelgunga qadar yöqotilgan suyuqlik örnini qoplaş maqsadida köproq suyuqlik içiriş zarur, buning uçun regidron eritmasi, u bölmasa oddiy qaynatilgan suv, guruç qaynatmasi, kök çoy, gazlanmagan mineral suvlar yoki kefir içiriş mumkin. Iç ketiş oqibatida bemor suyuqlik bilan birga zarur oziq moddalarni ham yöqotadi, şuning uçun ovqatlantiriş zarur böladi, agar bemor oç qolsa, u yana ham holsizlanib qoladi.
Qaynatib pişirilgan taomlarberilsa,oson hazm böladi. Oşqozon-içak yölinizöriqtirmaydi, taomnioz-ozdan tez-tez yedirişlozim.
Kökrak emadigan bolani odatdagidan köra tez-tez, kam miqdorda emiziş kerak. Çunki ona sutida bola uçun zarur bölgan ozuqa moddalari va suyuqlik bölişi bilan birga, yuqumli kasalliklarga qarşi kuraşuvçi omillar ham mavjud. Şifokor maslahatisiz bemorga antibiotik beriş mumkin emas. Çunki antibiotiklar bemorning ahvolini yanada oğirlaştirib qöyişi mumkin.
Diareya kasalliklarining oldini oliş uçun umumiy va şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiliş kerak.
Diareyaning oldini olişda gigiyenik va sanitar kommunal tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Oziq-ovqat muassasalari, bozorlar, umumiy ovqatlaniş joylari, oziq-ovqat işlab çiqaruvçi dökonlar, bolalar muassasalari va suv bilan taʼminlovçi obʼektlarda sanitar rejimni saqlaş lozim.
Bolalarni oilada, bolalar muassasalarida gigiyenik tarbiyaga örgatiş kerak. Aholi orasida sifatsiz içimlik suvdan foydalanmaslik (termik işlov berilmagan) va ifloslangan suv havzalarida çömilmasligini taʼminlaş zarur. Bolalar uçun idiş-tovoqlarni alohida tutiş, işlatilgandan söng tozalab yuviş va ustiga toza doka yopib qöyiş kerak.
Bolalarni sörğiçga örgatmaslik zarur, çunki sörğiç bolalarga kasallik yuqtiruvçi omil bölişi mumkin.
Har doim bolalarga toza, qaynatilgan suv beriş, suvni içişdan oldin 15-20 minut davomida qaynatiş tavsiya qilinadi.
O.Halimov, Tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği, tibbiyot fanlari nomzodi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati.
(Foto - http://www.buxdti.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶