BEZGAK – YuQUMLI KASALLIK
Sogʻlik – insonning birinchi muhim ehtiyoji boʻlib, uni asrab-avaylashda sogʻlom turmush tarzi qoidalariga qatʼiy rioya etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu sababdan ham, inson vaqt ajratib, sport bilan shugʻullanishi, ovqatlanish meʼyoriga alohida eʼtibor qaratishi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishi lozim. Aks holda, turli xavfli yuqumli kasalliklarni yuqtirib olishi hech gap emas.
Inson uchun xavfli yuqumli kasalliklardan biri bezgak kasalligidir. U faqat mikroskop yordamida koʻrish mumkin boʻlgan parazitlar – plazmodiylar orqali chaqiriladi. Plazmodiylar sodda jonivorlar sinfiga mansub boʻlib, parazitlar odam qonida, yaʼni eritrotsitlarda yashaydilar va koʻpayadilar. Plazmodiylar bunda eritrotsitlarni yemirib, organizmning qon ishlab chiqaruvchi, asab, qon-tomir va boshqa tizimi faoliyatining buzilishlariga olib keladi. Baʼzan kasallik shu qadar ogʻir kechadiki, davolashni oʻz vaqtida boshlamagan hollarda bemor kasallik boshlangandan soʻng, bir necha kun davomida halok boʻlishi ham mumkin.
Bezgak kasalligidan saqlanishning birdan-bir yoʻli – sogʻlom ovqatlanish, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, yashash joylarini, ayniqsa, oshxona anjomlarini toza tutish joiz. Ozodalikka amal qilish insonning qatʼiy kun tartibiga aylansa, bu kasallik hech qachon xavf somlaydi.
Irina XOLMURODOVA, tuman SEOJSB vrach-entomologi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶