DXX ChEGARA QOʻShINLARI HARBIYLARI TOMONIDAN "OChIQ EShIKLAR KUNI" OʻTKAZILDI
Dunyo aholisining qariyb 20 foizini yoshlar tashkil qiladi. Oʻzbekistonda esa bu koʻrsatkich 60 foizdan oshadi. Yoshlar millatimiz, davlatimiz kelajagi, avlod davomchisidir. Shu bois ularga alohida eʼtibor qaratilib, barkamol insonlar boʻlib voyaga yetishlari uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, imkoniyatlar eshigi keng ochilgan.
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri yoshlarning maʼnaviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga koʻmaklashishdan iboratdir. Ushbu yoʻnalish boʻyicha harbiy qismlarda ham kompleks tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Yaqinda Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan DXX Chegara qoʻshinlari harbiy qismlarida Amudaryo tumani xokimligi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi bilan hamkorlikda, tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 15-, 69-maktablar oʻquvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi. Maktab oʻquvchilariga qurol-aslaha, harbiy-texnika koʻrgazmasi, xizmat hayvonlaridan harbiy-jangovar maqsadda foydalanish boʻyicha koʻrgazmali chiqishlar namoyish etildi. Shundan soʻng, davlat mukofotiga ega boʻlgan harbiy xizmatchilar bilan maktab oʻquvchilari oʻrtasida davra suhbati oʻtkazildi. Maktab oʻquvchilari harbiy xizmat toʻgʻrisidagi qiziqtirgan savollari bilan javob qaytarishdi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida oʻtkazilgan ushbu tadbir maktab oʻquvchilarida katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, harbiylar uchun targʻibot, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ham oʻtkazildi. Muddatli harbiy xizmatni DXX Chegara qoʻshinlarida oʻtab, oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma bilan Qurolli Kuchlar zahirasiga boʻshatilgan, hozirda Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat Universitetida huquqshunoslik yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan sobiq muddatli harbiy xizmatchilardan Sh.Zarifov, N.Olimjonovlar ushbu tadbirlarga tashrif buyurdilar.

Sobiq muddatli harbiy xizmatchilar hozirgi vaqtda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish tartibi, test sinovlarini topshirish, yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida harbiy xizmatchilarga maʼlumotlar berishdi.
Muddatli harbiy xizmatchilar va tadbirga tashrif buyurgan talabalar oʻrtasida qizgʻin davra suhbati ham oʻtkazildi va tadbir yakunida harbiy qism masʼullari tomonidan talabalarga esdalik uchun kitoblar sovgʻa qilindi.
S.Toshmatov, harbiy xizmatchi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶