28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:27
Jamiyat 👁 343

SUD TIZIMIDA FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARI REAL HIMOYa HUQUQI BILAN TAʼMINLADI

SUD TIZIMIDA FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARI REAL HIMOYa HUQUQI BILAN TAʼMINLADI

Mamlakatimiz sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi – inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, sudlarning chinakamiga mustaqilligini taʼminlash hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini taʼminlash, uni inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladigan tom maʼnodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng koʻlamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Fuqarolarning sud himoyasida boʻlish huquqining taʼminlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida hamda Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi 8-moddasida koʻrsatib oʻtilgan. Shuningdek, Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi Xalqaro paktning 14-moddasida va Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Yevropa Konventsiyasining 6-moddasi 1-qismida ham mustahkamlangan.
Konstitutsiyaning 44-moddasida yozib qoʻyilgan qoida bir qator qonun hujjatlari, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 30-avgustdagi «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida»gi Qonunda aniq ifoda etilgan.

Har bir kishining huquq va erkinliklarini sudda himoya qilish har bir kishiga kafolatlangan. Ushbu huquq oʻz manfaatlarini shaxsan, advokat yoki qonuniy vakili orqali himoya qilishi mumkin boʻlgan har qanday jismoniy shaxsga tegishlidir.

Sud himoyasida boʻlish huquqi yuridik yordam olish huquqi bilan chambarchas bogʻliqdir, chunki qonunlarni, ularni qoʻllash amaliyotini, sudlarda ishlarni yuritish tajribasini bilmasdan turib sud himoyasida boʻlish imkoniyatlarini samarali amalga oshirish mumkin emas. Yuridik kasblarni egallagan kishilar bunday xususiyatlarga ega boʻladi. Shuning uchun ham ular sudda oʻzini himoya qilishga muhtoj kishilarga yordam berishi kerak.

Jinoiy javobgarlikka tortilayotgan shaxslarga ularning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish maqsadida keng doiradagi ularni nimada ayblanayotganligini bilish, koʻrsatuvlar va tushuntirishlar berish, dalillar bilan tanishish, tergovni olib borayotgan yoki ayblovni quvvatlayotgan mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish kabi huquqlar beriladi.

Agar shaxsga ayblovchi bilan tortishuv huquqi berilmasa, har bir shaxsning oʻziga eʼlon qilingan aybga iqror boʻlmaslik va rad etish huquqi quruq gap boʻlib qoladi. Shuning uchun ham JPKning 25-moddasida ilk bor sud muhokamasini tortishuv asosida olib borish haqidagi tamoyil aks ettirilgan. Himoyalanish huquqi uning amalga oshirilishiga doir kafolatlar bilan ajralmasdir.

Bugungi kunda fuqarolar huquq va erkinliklarining yuridik jihatdan himoyalanishini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy institut sifatida advokaturaning taʼsiri oshib bormoqda.

Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari buzilganda, u sud orqali himoya qilinadi. Insonlarga tegishli huquq va erkinliklari koʻp qirrali xususiyatga egadir. Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi qonuniy tartibda, sudda oshkora koʻrib chiqilib, uning aybi aniqlanmagunga qadar aybdor emas deb hisoblanadi. Sudda ayblanayotgan shaxsga oʻzini himoya qilish uchun barcha sharoitlar taʼminlab beriladi. Fuqarolarning sud himoyasida boʻlishliklari kafolatlanadi.

Amaldagi Jinoyat-protsessual kodeksining 49-moddasi 2-qismiga muvofiq jinoyat ishida himoyachi sifatida advokatlar, himoyachi sifatida qatnashish uchun maxsus ruxsatnomaga ega shaxslar, jamoat birlashmalarining oʻz aʼzolarining ishlari boʻyicha vakillari qatnashishlari mumkin. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari yoki qonuniy vakillari, shuningdek boshqa shaxslar himoyachi sifatida ishtirok etishiga tergovchining qarori va sud ajrimi boʻyicha yoʻl qoʻyilishi mumkin.

Aytish joizki, amaldagi Jinoyat-protsessual kodeksi 52-moddasining 1-qismiga asosan, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ish yuritilayotgan davrda istalgan vaqtda himoyachidan voz kechishga haqlidir. Bunga faqat gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining tashabbusi bilan hamda himoyachining ishda ishtirok etishiga surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning advokat taklif etishi orqali taʼminlanadigan real imkoniyatlar mavjud boʻlganidagina yoʻl qoʻyiladi, bunda advokat himoyadan voz kechilganligini tasdiqlaydi.

Hozirgi vaqtda tergovchi va himoyachining sodir etilgan jinoyat bilan bogʻliq harakatlarni isbotlashdagi imkoniyatlari qandaydir darajada sud amaliyoti shakllanishi bilan bogʻliq boʻlib, u himoyaga yetarlicha sharoit va imkoniyat yaratish yoʻnalishi bilan tenglashmoqda.

Demokratik jamiyat qurish sari borayotgan davlatimizda adolat ravnaq topishi uchun, eng avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining oʻzlari qonunga qatʼiy amal qilishlari lozim. Ular tomonidan qonun talablariga mos kelmaydigan dalillar ayblovga asos qilib olinishi mumkin emas, shu bilan birga, himoyachining dalillar toʻplashda imkoniyati cheklanganligini hisobga olib, ulardan ayblanuvchining manfaatlarini koʻzlab foydalanish taqiqlanmasligi maqsadga muvofiqdir.

A.Ametov, Jinoyat ishlari boʻyicha Kegeyli tuman sudi raisi.
S.Davletmurodov, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026