AHOLI VA HUDUDLARNI FAVQULODDA VAZIYaTLARDAN MUHOFAZA QILISh OYLIGI DOIRASIDA TARGʻIBOT TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA
Amudaryo tumanida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan samarali muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar bilan tanishish maqsadida yaqinda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Orazboyev boshchiligidagi ishchi guruh tumanga tashrif buyurdi. Dastlab tuman hokimligi binosi oldida ishchi guruh ishtirokida hamkor tashkilotlar masʼullari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Orazboyev Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, aholi hayoti va salomatligini, moddiy hamda maʼnaviy boyliklarimizni muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini bartaraf etish va zararlarini kamaytirish bilan bogʻliq vazifalar toʻliq bajarilayotganini taʼkidladi.
Shuningdek, yongʻin chiqqan holatlarda, uy sharoitida va ishxonada, kundalik hayotimizda bexosdan sodir boʻladigan favqulodda vaziyatlarda qanday yoʻl tutish kerakligini aholiga keng tushuntirish zarurligini, targʻibot tadbirlarini sektorlarga boʻlingan holda xonadonma-xonadon amalga oshirish ogʻir oqibatlarning oldini olishda yuqori samara berishini gapirib, bu boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi. Mutaxassis xodimlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarib, baxtsiz hodisalar vaqtida amal qilinishi zarur boʻlgan ishlar yuzasidan kerakli tushunchalar va yoʻl-yoʻriqlar ham berib oʻtdi.
Shundan soʻng, targʻibot tadbirlari tumandagi Gulzor, Olmazor va boshqa mahallalarda, ovullarda davom ettirildi. Ishchi guruh aʼzolari uyma-uy yurib, aholining yashash xonadonlarini koʻzdan kechirdilar. Aniqlangan kamchiliklar joyida tegishli soha mutaxassislari bilan birgalikda bartaraf etilib, fuqarolarga nosoz gaz va elektr uskunalarni taʼmirlashga koʻmak berildi.
Xonadonlarda foydalanilayotgan gaz plitalari, gaz joʻmraklari tuman Gaz taʼminoti korxonasi ishchilari tomonidan tekshiruvdan oʻtkazildi. Mavjud boʻlgan elektr rozetkalar va avtomatlar tuman Elektr tarmoqlari korxonasi ishchilari tomonidan koʻzdan kechirildi. Yaroqsiz holga kelgan uskunalar yangisiga almashtirilib, yaroqlilari taʼmirlanib, soz holatga keltirildi.
Favqulodda vaziyatlar, kutilmagan xavfli hodisalar inson hayotida doim sodir boʻlib turadi. Afsuski, barcha texnogen holatdagi baxtsiz hodisalarning asosiy sababchisi insonning oʻzi hisoblanadi. Shu sababli bu kabi targʻibot tadbirlarini aholi oʻrtasida keng turda oʻtkazish salbiy oqibatlarning, talofatlarning oldini olishda juda katta ahamiyat kasb etadi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶