Dilimda qasamyod
Vatan! U yurakda uyğongan Quyoş,
Harorati baland, yöqdir heç qiyos.
U tengsiz jasorat, matonat, bardoş,
Mehr-muhabbati dillarga tutaş.
Kindik qoni tomgan ona tuproğim –
Ona Yurt! Özingsan közim, qaroğim!
Otam, deb emransam, boşimni silab,
Bolam, deb ulğaytding, suyib, erkalab.
Çağir söqmoqlarda asrab-avaylab,
Manzilimga eltding baʼzan yelkalab.
Sengadir mehr-u işq, dilda ardoğim,
Ona Yurt! Sen bilan obod har yoğim!
Sarhading qöriqlab turibman mağrur,
Dilimda qasamyod, dilimda ğurur.
Istiqlol şavqidan har onda surur,
Har onda oriyat, imon yuksalur.
Moziydan to bugun yoniq çiroğim –
Halovat qöynida har uy, çorboğim.
Mafkura maydoni ming turga dönar,
Ming xil nayrang bilan zör zörni tunar.
Kim johil, jaholat komiga qular.
Kördim, köngillarda hur fikr unar,
Özim bölay Vatan, dono Şiroğing,
Ona Yurt! Obodon yaqin-yiroğing!
Onamsan! Suyansang, bir toğ bölaman,
Poyingga tökilgan tuproq bölaman.
Ğanimlaring uçun bir çoh bölaman,
Tinçligingga kafil, ogoh bölaman –
Jaloliddin hamda Temur siyoğing –
Ona Yurt! Özimman mehrigiyohing!
Xalqimga ERK yöli oson kelgan yöq,
Neça mardi-maydon unga yetgan yöq.
Mustaqillik tuğin bir bor öpgan yöq,
Yuraklarda çandiq hamon bitgan yöq,
Fidoyi jonlarning yöqdir sanoği,
Ona Yurt! Keçmişing hayot saboği.
Vatan! Tinçligingga qilgum qasamyod,
Mehr-u muhabbating men uçun hayot.
Sen borsan, millat va avlod barhayot,
Har bitta oningda bor taraqqiyot.
Jonimda asragum yering – tuproğing,
Yuragimga tikib ötgum Bayroğing!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶