17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 07:35
Jamiyat 👁 196

ONA YuRT HIMOYaSIGA MUNOSIBLAR TANLANADI

ONA YuRT HIMOYaSIGA MUNOSIBLAR TANLANADI

Ona Vatan taraqqiyoti, himoyasi hamda kelajagi uchun eng avvalo bugungi yoshlar masʼuldir. Shuning uchun ham har yili harbiy xizmatga chaqiruv boʻyicha olib boriladigan tadbirlarga alohida eʼtibor qaratilib, tanlov Kengashi tomonidan jismonan va maʼnan yetuk, sogʻlom yigitlar harbiy xizmatga saralab olinadi.

Ayni paytda tumanimizda Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-aprel sanasida qabul qilingan “Chaqiriluvchilarni tanlab olish toʻgʻrisida”gi Qarori asosida tanlov Kengashi tomonidan tuman Mudofaa ishlari boʻlimi bilan hamkorlikda 2021-yilgi harbiy xizmat chaqiruviga tayyorgarlik koʻrish maqsadida tanlov tadbirlari olib borilmoqda.

Muddatli harbiy xizmatga tanlov tadbirlari 2020-yilning 10-avgust sanasidan 2021-yilning 10-fevral sanasigacha davom etadi. Tanlov tadbirlarida qatnashish istagini bildirgan yoshlar juda koʻp. Lekin Vatan himoyasiga munosib yigitlarni saralab olishda, avvalo ularning jismoniy yetukligiga, maʼnaviy jihatdan saviyasi yuksakligiga  alohida eʼtibor qaratiladi. Bundan tashqari, tanlov tadbirlarida 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlgan 1994-2003-yillarda tugʻilgan, avval harbiy xizmatda boʻlmagan yigitlar ishtirok etadilar.

Tanlovda, yuqorida aytganimday, avvalo jismoniy tayyorgarlik darajasi baholanadi. Ushbu yoʻna-lishda yuqori natijaga erishgan yigitlar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazilib, ularning maʼnaviy-maʼrifiy bilim saviyasi sinovdan oʻtkaziladi. Unga koʻra, yoshlarning dunyoqarashi, fikriy rivojlanish jarayoni, oilaviy ahvoli oʻrganiladi hamda tarix fani, ayniqsa, Amir Temur tuzuklari boʻyicha savol-javoblar orqali intellektual salohiyati qay darajada ekanligiga aniqlik kiritiladi. Chunki yakka tartibdagi suhbat chaqiriluvchi yoshlarning harbiy xizmatga chaqiruvga munosib yoki munosib emasligini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Yakka tartibdagi suhbatdan oʻtgan yoshlargina Butlash komissiyasidan oʻtish huquqiga ega boʻladilar va mart-aprel oylarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, Butlash komissiyasining tavsiyasiga koʻra, Respublika rahbarlar Kengashi qarori bilan muddatli harbiy xizmat komandalari hamda qoʻshin turlarida harbiy xizmat qilish uchun tayinlanadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibini jismonan baquvvat va maʼnan yetuk askarlar bilan butlash orqali Vatanimizning ravnaqi va kelajagi yoʻlida xizmat qilishga daʼvat etish va bu boradagi burchimizni aʼlo darajada bajarish, ona yurt himoyasiga munosib, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash eng masʼuliyatli va sharafli burchimizdir.

Toir BOLTAYeV,

tuman Mudofaa ishlari boʻlimi Chaqiruv boʻlinmasi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019