TUMANDAGI BOSh VAZIR QABULXONASI TADBIRKORLAR KOʻMAKChISIGA AYLANDI
Tumanimizdagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi tomonidan tadbirkorlarni qiynayotgan, ularning faoliyatiga toʻsiq boʻlayotgan muammolarni bartaraf etishda yaqindan koʻmak berilmoqda.
Oʻtgan 2020-yil davomida qabulxona tomonidan hududlarda 42 ta sayyor qabullar tashkil etildi. Olib borilgan targʻibot-tashviqot ishlari hamda oʻtkazilgan suhbatlar davomida qabulxonada jami 326 ta masalalar boʻyicha 313 ta murojaatlar roʻyxatga olindi. Kelib tushgan murojaatlarning 10 tasi Respublika miqyosidagi, 102 tasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosidagi, 201 tasi tuman miqyosidagi murojaatlar boʻlib, murojaatlarning 71 tasi oʻtkazilgan sayyor qabullar orqali, 98 tasi bevosita qabulxonaga murojaat qilish orqali, 139 tasi “Ishonch telefoni” orqali, 5 tasi business.gov.uz portali orqali elektron tarzda kelib tushgan.
Roʻyxatga olingan 313 ta murojaatdan 251 tasi qanoatlantirildi. Qolgan 72 tasiga tushuntirishlar berilib, 3 ta murojaat rad etildi.
Oʻtgan yil davomida tadbirkorlarning murojaatlari koʻrib chiqilishi mobaynida muddat buzilishi, yuzaki koʻrib chiqish holatlariga yoʻl qoʻygan korxona-tashkilot rahbarlariga ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 7 ta taqdimnoma xatlari kiritilib, 4 nafar xodimga nisbatan intizomiy taʼsir choralari koʻrildi.
Qabulxonaning amaliy yordami tufayli elimiz farovonligiga hissa qoʻshayotgan tadbirkorlar soni koʻpaymoqda. Tadbirkorlarning haq-huquqlarini himoya qilishda, muammolariga yechim topishda Qabulxona tomonidan koʻrsatilayotgan qator amaliy yordam ishbilarmonlikni ragʻbatlantirishga, aholiga xizmatlar koʻrsatishni yaxshilashga muhim hissa boʻlib qoʻshilmoqda.
A.XOʻJAMURODOV,
Amudaryo tumanidagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazirining
Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chi-qish qabulxonasi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶