Yangidan qurilayotgan binolarda xavfsizlik taʼminlanmoqda
Yongʻin yoki favqulodda holatlarning oldini olish uchun bino, inshootlarni qurilish meʼyor-qoidalari va shaharsozlik normalari asosida qurish maqsadga muvofiq. Bu kelgusida koʻpgina koʻngilsiz hodisalarning oldi olinishini taʼminlaydi.
2020-yilda tumanimizda yangidan qurilayotgan binolarda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan Boʻston hamda Boyovul mahallalari hududida ish olib borayotgan qurilish tashkilotlarida tushuntirish va targʻibot ishlari oʻtkazildi. Boʻston mahallasida yangi bino qurayotgan “Amudaryo maxsus qurilish” MChJda ishlovchi xodimlarning tungi vaqtlarda yotoqxona konteyneri koʻzdan kechirilganida unda jami 12 nafar quruvchi-ishchilar boʻlib, ularga yaratilgan sharoitlar yaxshi ekanligi maʼlum boʻldi. Lekin isitish maqsadida turli xil qoʻlbola elektr pechlari borligi va nosoz pechlardan foydalanilayotganligi, ular yongʻin keltirib chiqaruvchi manba ekanligini inobatga olib, kamchiliklarni joyida bartaraf qilish chorasi koʻrildi.
Bundan tashqari, tuman Madaniyat boʻlimi maʼmuriy binosini mukammal taʼmirlayotgan “Kapital maxsus trest” MChJ dagi ishchi-xodimlarga yongʻin va texnika xavfsizligi boʻyicha tushunchalar berildi. Ushbu qurilish tashkilotiga xam taqdimnoma kiritildi.
Bizning maqsadimiz xavfsizlikni taʼminlashdan iborat.
B.Allabergenov, tuman FVB NTB boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶