PROBATsIYa HISOBIDAGI XOTIN-QIZLARGA HUQUQIY TUShUNChALAR BERILDI
Barcha joylarda boʻlgani kabi Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham aholining huquqiy madaniyatini oshirishga eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda sudlarning asosiy qismi joylarda, sayyor sud majlislarida koʻrib chiqilmoqda. Bunday tadbirlardan keyin esa aholi bilan bevosita muloqot qilib, ularga qonunchilikdagi oʻzgarishlar, jinoyat oqibatlari keng tushuntirib borilmoqda.
14-yanvar kuni mazkur vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida tuman Adliya boʻlimi tomonidan Ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi bilan hamkorlikda probatsiya hisobidagi xotin-qizlar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda tuman Adliya boʻlimi, Probatsiya guruhi masʼullari ishtirok etdilar. Ushbu tadbirda ishtirok etgan masʼullar inson huquq va manfaatlarini taʼminlash, qadr-qimmatini yuksaltirish har qaysi jamiyatda dolzarb ahamiyatga ega ekanligi xususida soʻz yuritdilar.
Masʼullar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Murod Kamolov tomonidan 2020-yil 12-noyabrda “Qoraqalpogʻiston Respublikasida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni taʼminlash va korruptsiyadan xoli hududga aylantirish” boʻyicha Yoʻl xaritasi tasdiqlanganligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Unga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligiga muayyan vazifalar yuklatilganligi taʼkidlandi.
Tadbirda sudlarga elektron murojaat qilish, arizalar holatini onlayn tarzda kuzatish, taraflarga maʼlumotlarni elektron shaklda yuborish imkoniyatini yaratuvchi yangi tizim ishga tushirilayotgani hamda video konferents aloqa tizimi boʻyicha olib borilayotgan ishlarning sud jarayonlarida korruptsiya omili kamayishiga sabab boʻlishi toʻgʻrisida soʻz yuritildi.
Tadbir davomida muqaddam jinoyat sodir etib, probatsiya hisobida turgan xotin-qizlar bilan suhbat oʻtkazildi. Kundalik hayotda ular yechim topa olmayotgan huquqiy muammolar muhokama qilindi va ushbu muammolarni bartaraf qilish yuzasidan bepul huquqiy maslahatlar berildi. Shuningdek, ushbu ayollarga ijtimoiy nafaqa, aliment, migrantlar huquqlari, mehnat huquqi kabi masalalarda tayyorlangan infografik materiallar tarqatildi.
Tadbirda ishtirok etgan probatsiya hisobidagi xotin-qizlarga soha xodimlari tomonidan keng turdagi huquqiy tushunchalar, yoʻl-yoʻriqlar berildi va ular bilan jinoyatchilik oqibatlari, hayotda toʻgʻri yoʻldan borish, halol mehnat qilish borasida ham suhbatlashildi. Mazkur tadbir ayollarning huquqiy bilimlarni oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Moʻminjon Matyusupov, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶