ADLIYa BOʻLIMI TOMONIDAN KORRUPTsIYaGA QARShI KURAShISh BOʻYIChA TARGʻIBOT TADBIRI OʻTKAZILDI
Prezidentimizning 2018-yildagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida tashkil etilgan tuman Adliya boʻlimi hukumat qarorlari, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ahamiyatini tegishliligi boʻyicha ijrochilarga yetkazib kelmoqda. Boʻlim tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan birgalikda “respublika — viloyat — tuman — mahalla” printsipi boʻyicha huquqiy targʻibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham berish borasidagi chora-tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Ushbu tizim aholining huquqiy madaniyatini shakllantirish, fuqarolarning huquq-erkinliklarini taʼminlashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Aholining huquqiy ongi va tushunchalarini yuksaltirish, yangidan qabul qilinayotgan normativ huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini yetkazish, huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida tuman Adliya boʻlimi davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda turli targʻibot tadbirlarini oʻtkazib kelmoqda.
Joriy yilning 21-yanvar kuni tumandagi 38-sonli umumtaʼlim maktabida ham tuman Adliya boʻlimi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti xodimlari yoshlar bilan uchrashib, davlatimizda yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish va korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida boʻlimning huquqshunos mutaxassislari tomonidan yoshlarga Oʻzbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni, korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Prezident Farmon va Qarorlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbirda korruptsiyaning kelib chiqishi, uning ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy zararlari, korruptsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari va mexanizmlari, Oʻzbekistonda korruptsiyaga qarshi kurash boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlari va ularning mazmun-mohiyati, asosiy printsiplari haqida ham soʻz bordi. Soʻzga chiqqanlar korruptsiya davlat boshqaruvi tizimini yemirishini, davlat tashkilotlari va davlat xizmatchilariga salbiy munosabatni vujudga keltirishi, hokimiyatning obroʻsizlanishiga sabab boʻlishini alohida taʼkidlashdi.
Oʻquvchilarga Oʻzbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni bu jirkanch illatga qarshi kurashishda mustahkam huquqiy asos boʻlib xizmat qilishi, ushbu Qonunning mazmun-mohiyatini bilish muhim ahamiyatga egaligi keng tushuntirildi. Qonuniylik, ochiqlik, shaffoflik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, tizimlilik va boshqa bir qator sifatlar korruptsiyaga qarshi kurashishning asosiy printsiplari hisoblanishi ham aytib oʻtildi.
Tadbirda korruptsiya sohasida xorijiy tajriba va xorijiy qonunchilik toʻgʻrisida ham maʼlumotlar berib oʻtildi. Bir soʻz bilan aytganda, korruptsiya – har qanday davlatning siyosiy tuzilishi, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasidan qatʼiy nazar, butun dunyoda global muammo hisoblanishi hammaga uqtirildi.
Tadbir ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savol javob olishdi. Shundan soʻng, oʻquvchilarga korruptsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy oqibatlari jamlangan videorolik namoyish qilindi.
Moʻminjon Matyusupov, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶