ÇOYKÖLLIK MOHIR USTA
Hayot – dorilfunun. Uning har bir lahzasi insonni tarbiyalaydi, aqlini çarxlaydi, yaşaş, yaratiş sirlarini örgatadi. Sinovlari bilan toblaydi, öz xatolari, yutuqlari, şu barobarida reja va taşabbuslari haqida oqilona xulosalar çiqarişga örgatadi, irodasini ming bor sinovdan ötkazadi. Çoyköl ovulida yaşovçi oddiy hurnarmand usta Ravşan Kamolov ana şunday sinovlarda toblangan fidoyi insonlardan.
“Gagarin usta!” Uni odamlar şunday çaqirişadi. Allohning zikri bilan azon aytilib, ota-onasi mehr-muhabbat bilan qöygan Ravşan ismini birov bilib aytsa, boşqalar balki bilib, balki bilmay “Gagarin usta” deb çaqiraverişadi. Ravşan usta Kamolov esa bunga könikib ketgan.
Biz Ravşan bilan 22-sonli maktabda birgan öqiganmiz. Sinfimizda aʼloçilar köp edi. Lekin Ravşan Kamolovning ana şu aʼloçi sinfdoşlarimizdan ajralib turadigan bir xislati – uning öta kamtar, intizomli va zehni ötkirligi edi. Frantsuz tilini mustaqil örganar, örganganlarini dars ja-rayonida, frantsuz tili öqituvçimiz Qurol aka Safarboyev bilan erkin muloqotlari orqali mustahkamlardi. Undan ustozlarimizning umidi katta edi. Lekin hayot inson orzu qilganiday bir tekis emas, maşaqqatlari, bemavrid sinovlari bor.
Ravşan oddiy dehqon oilasida tuğilib-ösdi. Serfarzand bu oila iqtisodini bir maromda yuritiş uçun otasi (Alloh rahmat qilsin!) Otajon şofyor (uni şunday ataşardi) keça-yu kunduz kolxozda işlar, yetti-sakkiz nafar farzandini yoniga olib, onasi ham kolxoz dalasida, ham tomorqada ter tökardi. Ravşan opa-akalari, ukalari bilan ota-onasiga kömakdoş bölişga, ularning oğirini yengillatişga intildi.
Otasining yonida yurib, texnika sirlarini örgandi. Otajon şofyor bilan goh kolxoz ustaxonasida, goh kolxoz şofyorlarining uylarida turli rusumlardagi avtomobillarni taʼmirlaşda qatnaşa boşladi. Maktabda öqişidan böş vaqtlarida katta xonadonning tomorqa yumuşlarida ota-onasiga kömaklaşdi, ovulda kimning avtomobili, traktori yoki mototsikli buzilsa, öşa yerda hozir-u nozir böldi.
1978-yilda umumtaʼlim maktabini, garçi aʼlo baholarga tugatsa-da, oilaviy şaroit taqozosiga köra, öqiş istagini orqaga surdi. Armiya xizmatidan söng öqişni niyat qilgan Ravşan ota-onasining vafotidan keyin yuragidagi öqiş orzusini yana keyinga surdi. Umrim temir-tersak içida, qoramoyga belanib ötayotir, degan xayolga bormadi. Hayot sinovlarini özining halol, fidoyi mehnati bilan yengişga intildi.
Donişmand xalqimiz tilida bir ibora juda köp aylanadi: “Yigit moli yerda, rizqi Allohdan”. Ravşan Kamolov yoş boşidan el-yurt sevgan, usta böldi, qayerga borsa, eldoşlari eʼzozlaydigan, tördan joy beradigan böldi.
Birovdan oldin, birovdan keyin deganday, uyli-joyli, biri-biridan aqlli öğil-qizlarning otasi, katta xonadonning sohibiga aylandi. Umr yöldoşi Gulora Zorliqova bilan 4 nafar öğil-qizni voyaga yetkazişdi. Katta öğli ham ota kasbini tutdi. Ayni paytda Xurşidjon otasi bilan birgalikda ovuldagi “Oybek-Dilşoda” fermer xöjaligiga qaraşli avtomobillarga texnik xizmat körsatiş şoxobçasida mehnat qilişadi.
Biz ijodiy jamoamiz bilan Ravşan Kamolov va uning öğli Xurşidjon faoliyat yuritayotgan mazkur şoxobçada bölganimizda taʼmirlaş-tiklaş xizmatlari uçun navbat kutayotgan transport vositalari orasida turli rusumdagi avtomobillar, yuk maşinalari, traktor va traktor tirkamalari ham borligiga guvoh böldik. Bilişimizça, Ravşan Kamolov barça turdagi yengil avtomobillar, eng zamonaviy avtobuslar, yuk maşinalari va qişloq xöjalik texnikalariga sifatli taʼmirlaş-tiklaş xizmatlarini körsatgani uçun “Oybek Dilşoda” fermer xöjaligi rahbari Oybek Siytboyev fermer xöjaligi hisobidan uşbu şoxobçani oçib bergan ekan.
– Öğlim ikkalamiz doimiy iş bilan taʼminlandik, – deydi quvonib Ravşan Kamolov. – Yaqinda pensiyaga çiqaman, pensiyaga çiqişimda muammo bölmaydi, sababi, şoxobça fermer xöjaligining qöşimça tarmoği hisoblanadi.
Inson öz hayotidan rozi yaşaşi uçun avvalo u yaxşi mehnat şaroiti bilan taʼminlanişi, moddiy manfaatdor bölişi muhim ahamiyatga ega. Bu jihatdan Ravşan Kamolovning köngli töq, qolaversa, mijozlarining keti uzilmaydi, fermer xöjaligidan har oyda maoşini olib turibdi. Oybek Siytboyev esa fermer xöjaligi ixtiyoridagi texnika vositalarini heç muammosiz, özlarining qöşimça tarmoği orqali taʼmirlab berayotgani uçun ustadan minnatdor.
Ravşan Kamolov uçun oila davrasida keçadigan lahzalar yanada gaştli. Öğil-qizlari, nevaralarining iş, öqiş va rözğor yumuşlari bilan boğliq faoliyatlarini har kuni keçqurun biroz “taftiş” qilişga odatlangan usta allaqaçon turmuşga çiqib, özlaridan tinib-tinçib ketgan qizlari Manzuraxon bilan Mavludaxon hamda nevaralari Gözaloy, Barno, Javohir va Sohibjonlarga birrov qönğiroq qilib, hol-ahvol söraşni kanda qilmaydi. Böş qoldim degunça, fizika-astronomiya yönalişi böyiça NDPIning magistratura bosqiçida tahsil oliş bilan birga 82-sonli maktabda öquvçilarga fizika fanidan dars berayotgan qizi Mehribonning öqiş va işlarini “tekşiradi”. Hatto Mehribonga fizik qonun-qoidalar böyiça savollar berib, sinab körişni ham unutmaydi.
– Dadam oliy maʼlumotli bölmasalar ham fizika fanidan köp narsani bilişiga hayron qolaman, – deydi Mehribon.
– Bu özim uçun muhim, – izoh beradi usta, – kasb-korim şuni taqozo etadi. Qolaversa, maktabda ustozimiz Çorşam aka Yusupov bu fanni miyamizga quyib qöygan-da, – kuladi u.
Esimda, 22-sonli maktabda fizika, matematika, kimyo-biologiya, frantsuz va rus tillari, özbek tili va adabiyoti, geografiya fanlari juda çuqur örgatilardi. Bu fanlar böyiça olgan bilimlarimiz, töğrisi, bizga hamon hayotda asqotadi. Usta esa nazarimda, diplomsiz mutaxassis, mutaxassis bölganda ham har qanday oliy maʼlumotlilardan qolişmaydigan yetuklikka ega edi.
Ravşan Kamolovning oilasida özbekona tutumlarga qatʼiy amal qilinişi esa öğil-qiz, kelin va nevaralarning öz işlarini bilib-bilib, maromiga yetkazib bajarişlarida aks etib turadi. Umr yöldoşi Gulora Zorliqova asosiy vaqtini nevaralari davrasida ötkazadi. Kelini Mehribon ovulning qöli gul çevarlaridan. U tikkan pardalar köplab xonadonlarga körk bağişlasa, qizlari Manzuraxon va Mavludaxonlar tikkan liboslarga hamma havasda.
Oilaning daromad manbaiga qöşimça ravişda parvarişlanayotgan kurka va tovuqlar, mol-holga qaraş nevaralar va epçil kelin Mehribonning zimmasida. Şuning uçun ham Gulora bilan usta kelini Mehribon bilan qizlarini bab-baravar körişadi. Rözğori bölak qizlari, nevaralari yiğilib kelişganlarida Mehribon kelinning oyoq-qöllari çaqqonlaşib, tuğişganlariday mehri tovlanib turişlari ham, albatta, ularning qaynota-qaynona sifatidagi tutumlaridagi adolatdan, yaxşilikdan.
Bu oilada xotirjamlik, özaro mehr, bir-birovga eʼtibor, va samimiyat çöğidan taft olgan haqiqiy özbek feʼli – havasga munosib odamiylik tuyğulariga oşno böldik. Zero, inson uçun bundan ham aziz tuyğu yöq.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶