SAYYoR UChRAShUVDA YoShLARNING ISh BILAN BANDLIGI BORASIDAGI MUAMMOLAR OʻRGANILDI
Yoshlarni ish bilan taʼminlash borasidagi muammolarni oʻrganish, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 27-dekabr kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda oʻtkazilgan tadbirda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida yoshlar bilan sayyor uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda tuman prokurori oʻrinbosari Rahmon Sankibayev, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Jasur Davletov, tumandagi tegishli idora va tashkilot rahbarlari, 56 nafar faol yoshlar ishtirok etdilar.
Yoshlar bandligini taʼminlash, muammo va takliflarini oʻrganish, ularni qoʻllab-quvvatlash hamda munosib shart-sharoitlar yaratib berish bugungi kunda dolzarb masalaga aylandi. Shu bois ayni kunlarda sektor rahbarlarining joylarda yoshlar bilan uchrashuvlari tashkil etilib, ular oʻrtaga tashlagan taklif va muammolarning ijobiy yechimi yuzasidan bir qancha amaliy choralar koʻrilmoqda.
Amudaryo tumandagi 16-sonli maktabda ham shunday uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda tumandagi tegishli idora va tashkilot rahbarlari hamda 56 nafar faol yoshlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda tuman prokurori oʻrinbosari Rahmon Sankibayev soʻzga chiqib, mamlakatimizda yoshlarning yuksak marralarni egallashlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, cheksiz imkoniyatlar haqida toʻxtaldi. Yoshlarni oʻqib bilim olishga, shijoat bilan olgʻa intilishga hamda Vatan xizmatiga yaraydigan munosib farzand boʻlishga daʼvat qildi. Shuningdek, tumanimizning bilimga chanqoq, izlanuvchan yoshlari haqida oʻzining samimiy fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shundan soʻng, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Sulton Jarlikaganov hozirgi kunda tumanimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish, yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida soʻz yuritdi. Yoshlarning ilm-fan choʻqqilarini egallab, har biri yurt kelajagiga daxldorligini his qilgan holda Vatanga munosib farzand boʻlib kamolga yetishga harakat qilishi lozimligini alohida taʼkidladi. Shuningdek, muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida ilm-maʼrifatning inson hayotidagi ahamiyati haqida munosabat bildirdi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berilib, ularning muammolari va takliflari tinglandi.
Jumladan, Oq oltin ovuli hududida yashovchi fuqarolar Samad Xalillayev kasb-hunarga oʻqitish, avtomobillarga avtotex xizmatini koʻrsatish, Rayxon Gulmurodova, Faxridin Bobojonovlar subsidiya asosida issiqxona qurish, Sevara Koʻklanboyeva, Dilobar Allayorovalar kredit asosida chorvachilik yoʻnalishida oʻz taʼdbirkorligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha amaliy yordam soʻrab murojaat qildilar. Shuningdek, Durunki maxallasida yashovchi fuqarolardan Dinara Yoʻldosheva chorvachilik yoʻnalishida oʻz tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida kredit olish, oliy maʼlumotli Nargiza Eshchonova oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashish boʻyicha, Nargiza Yerjanova aliment olishda amaliy yordam koʻrsatilishini soʻrab murojaat qildilar. Oʻz navbatida masʼullar tomonidan yoshning muammolarini bartaraf qilish boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Uchrashuvda yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilinishi bilan bir qatorda ularning taklif va tashabbuslari koʻrib chiqildi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶