UZUMÇILIKNI RIVOJLANTIRIŞGA BAĞIŞLANGAN KÖRGAZMALI SEMINAR-KENGAŞ ÖTKAZILDI
Joriy yilning 4-fevral sanasida Örta qalʼa ovuli hududidagi “Erkin Rasulov asalariçi” fermer xöjaligida yangi intensiv boğlar yaratiş, uzumçilikni rivojlantiriş hamda xalqimizni tört faslda ham sarhil meva mahsulotlari bilan taʼminlaş borasidagi işlarni yanada takomillaştirişga qaratilgan körgazmali seminar-kengaş ötkazildi.
Körgazmali seminar-kengaşda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Quanişbay Nurimbetov, tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Ilhom Polvonov hamda tumanimizdagi boğdorçilik va uzumçilikka ixtisoslaşgan fermer va dehqon xöjaliklari masʼullari, soha mutaxassislari iştirok etişib, tumanimizdagi mavjud mevazor boğlar, yangidan barpo etiladigan intensiv boğlar va serhosil navli uzumzorlar xususida töxtalib, ayni paytda sohibkor-boğbonlar oldida turgan mavsum yumuşlari, boğlarda bahorga tayyorgarlik böyiça amalga oşiriladigan dolzarb vazifalar böyiça özaro tajriba almaşdilar. Nafaqat qişloq xöjaligi korxonalari, balki tomorqa xöjaliklarida ham uzumçilikni rivojlantiriş, tokzorlarda mavsum yumuşlarini sifatli ötkaziş, ayni paytda kömib qöyilgan uzum toklarini bahor mavsumida oçiş, zangilarga, sim bağazlarga sifatli kötariş va boğlaş, oziqlantiriş işlarini samarali taşkil etişga qaratilgan işlar yuzasidan tuşunçalar berildi.
Tumanimizda qişloq xöjaligining barça sohalarini, şu jumladan uzumçilikni jadal rivojlantiriş, tuproq unumdorligini, uzum toklarining hosildorligini oşiriş, yetiştirilgan mahsulot sifatini yaxşilaş hamda ularni kuz-qiş oylarida zahirada saqlaş, halqimizning meva va uzum mahsulotlariga bölgan talabini töla qondiriş maqsadida manzilli işlar olib borilmoqda.
Ayni paytda tumanimizdagi qişloq xöjalik korxonalarida jami 693,6 gektar boğ va 290,1 gektar uzumzorlar mavjud bölib, uşbu boğlarda ötgan yilda jami 6687,3 tonna meva, 2949 tonna uzum hosili yetiştarildi va mevalar yaxşilab saralanib, sovutkiç va muzlatkiçlarga joylaştirildi hamda arzonlaştirilgan narxlarda savdo yarmarkalari orqali xalqimiz dasturxoniga tortiq qilinmoqda.
Bugungi kunda tumanimizda boğdorçilikka ixtisoslaşgan 35 ta qişloq xöjaligi korxonalari va 4 ta uzumçilikka ixtisoslaşgan MÇJlar mavjud bölib. pakana va yarim pakana (intensiv) yangi mevali boğlar 154 gektarga yetkazildi.
Tumanimizda meva eksporti hajmini köpaytiriş hamda yurtimiz dasturxoniga sifatli va arzon meva mahsulotlarini yetkazib beriş maqsadida 2021-yilda jaxon standartlariga mos keladigan, Turkiya texnologiyalari asosida, intensiv usulda yana 500 gektar maydonda yangi boğlar barpo etiş rejalaştirilgan bölib, bugungi kunda qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan jami 413 ming dona köçat yetkazib beriş böyiça şartnomalar tuzilgan.
Bundan taşqari, 2021-yilda tumanimizda uzumçilikni rivojlantiriş maqsadida 1000 gektar maydonda, yaʼni 339 ta qişloq xöjaligi korxonalariga qaraşli yer maydonlarida tokzorlar barpo etiş va yangi, serhosil navli köçatlar yetkazib beriş böyiça şartnomalar tuziş işlari boşlab yuborildi hamda tokzorlar barpo qilinadigan maydonlarda şör yuviş, şudgorlaş, yer tekislaş işlari olib borilmoqda.
Körgazmali seminarda “Manğit Omad savdo” masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari Azimboy Jumamurodov özi rahbarlik qilayotgan agrofirmada amalga oşirilayotgan işlar bilan iştirokçilarni batafsil taniştirib, yangi tok köçatlarini ötqaziş hamda ilk oziqlantiriş böyiça öz tajribalarini amalda körsatib berdi. Lazerli uskuna yordamida tekislangan yerda tok köçatlarini joylaştiriş, yil davomida yoş nihollarni parvarişlaş, agrotexnik tadbirlarni töğri taşkil etiş, şuningdek, uzum mevalarini turli zararkunanda haşoratlardan saqlaş böyiça himoya tizimlarini yaratiş haqida iştirokçilarga batafsil maʼlumotlar berdi.
Körgazmali seminar-kengaşda tumanimiz boğdorçilik korxonalari rahbarlari hamda boğbon va işçilari tomonidan tuşgan savollarga tajribali boğbon va soha masʼullari batafsil javob berdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶