29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 16:48
Fan va taʼlim 👁 299

“NAVOIY YoDI ILA YaShAYMIZ MUDOM” MAVZUSIDA ADABIY-MUSIQIY TADBIR OʻTKAZILDI

“NAVOIY YoDI ILA YaShAYMIZ MUDOM” MAVZUSIDA ADABIY-MUSIQIY TADBIR OʻTKAZILDI

Ona tilimizga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligina anglash, tuygʻusi bizning ong-u shuurimizga eng avvalo adabiyot, adabiy til orqali kirib keladi. Taʼbir joiz boʻlsa, nafaqat oʻzbek xalqi, balki barcha turkiy tilli xalqlar ham adabiyotni, oʻz tillari jarangini Navoiyning betakror asarlari orqali anglab olgan boʻlsalar ne ajab! Alisher Navoiyning bebaho merosidan bugungi kunda butun dunyo xalqlari maʼnaviy oziq olib, jamiyatda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda qudratli maʼnaviy qurol sifatida  foydalanayotganlari bejiz emas.

Chindan ham, Navoiyning qay bir asarini mutolaa qilsak, bu bebaho bitiklarda insoniy tuygʻular, ezgu fazilatlar, obodonchilik va bunyodkorlik haqidagi fikrlar mujassamlashganini anglaymiz.

Tumanimizdagi 70-sonli umumtaʼlim maktabida buyuk bobokalonimiz tavalludining 580 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilgan “Navoiy yodi ila yashaymiz mudom” deb nomlangan adabiy-badiiy musiqiy tadbirda oʻquvchi-yoshlar buyuk Navoiy haqida faxrlanib soʻzladilar. Navoiy dahosiga cheksiz ehtirom ruhida oʻtgan tadbirni maktabning oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari Rayhon Jumaniyozova, Sitimmat Oʻrozboyev, Tozagul Oʻrinboyeva hamda Yulduzxon Qodirovalar oʻzaro hamkorlikda tayyorladilar.

Alisher Navoiy ijodi, hayoti va faoliyatining barcha qirralarini oʻzida mujassam etgan adabiy-badiiy kechada, avvalo, oʻquvchi-yoshlar Navoiyning bolaligi, ilk sheʼriy misralari xususidagi sahna koʻrinishlarini namoyish etib, shoir gʻazallarini, ruboiy, masnaviy va tuyuqlarini ifodali oʻqib berdilar.

Shunisi eʼtiborga molikki, oʻquvchi-yoshlar shoirning har bir gʻazali, ruboiy hamda tuyuqlarining mazmuni, maʼnosini sharhqlab, Navoiy asarlaridan olgan taassurotlarini, xulosalarini bayon qildilar.

Adabiy-badiiy kechaning  eng qiziqarli qismi savol-javoblar, Navoiy asarlari, hikmatlari asosida tuzilgan boshqotirmalar ustida ishlash boʻldi. Bu boshqotirmalarni yechishda maktabning barcha qiziquvchi oʻquvchilari ishtirok etishdi. Eng topqir, Navoiy asarlarining bilimdonlarini aniqlash maqsadida sinflararo bellashuvlar oʻtkazildi. Ushbu bellashuvda nafaqat yuqori sinflar oʻquvchilari, balki Navoiy ijodiga qiziquvchi barcha yoshlar ishtirok etishdi. Bellashuv ishtirokchilari talqinidagi “Navoiy va Lutfiy”, “Navoiy va Husayn Boyqaro” “Alisher Navoiy davlat arbobi”, “Navoiy va Guli” kabi kichik sahna koʻrinishlari barchaga zavq-shavq bagʻishladi.

Shuningdek, tadbirda oʻquvchilar ulugʻ Hazrat Navoiyning yurt tinchligi, Vatan obodligi, xalq farovonligi uchun yoshlarni bilim olishga, mehnatsevarlikka daʼvat etib, bu komillikka  eltadigan yoʻl koʻrsatuvchi asarlaridan parchalar oʻqishdi. Yoshlarni bilim olishga, hunar egallashga daʼvat etuvchi

“Yigitlikda yigʻ ilmning maxzani,

Qariligʻ chogʻi sarf qilgʻil ani” misralarini joʻr boʻlib oʻqidilar va barcha tengdoshlarini ilm oʻrganishga, kasb-kor egallashga daʼvat etdilar.

“Navoiy yodi ila yashaymiz mudom” mavzusida oʻtkazilgan ushbu adabiy-badiiy musiqiy tadbirda oʻquvchilar Navoiy gʻazallari bilan aytiladigan maqom ashulalaridan parchalar kuylab, raqsga tushdilar.

Tadbir barchada zavqli taassurot uygʻotib, har bir qalbda ulugʻ Navoiy dahosiga ehtirom tuygʻusi yanada joʻsh urdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026