XALQLAR DÖSTLIGI – MILLATIMIZ KÖRKI
Bizning xalqimiz köp millatli xalq, yagona oilada, eng kiçik guruhlarda ham öz ona tilida gaplaşiş, uning tarixi, madaniyati va urf-odatlarini eʼzozlaş huquqini davlatimiz qonuniy tasdiqlab, imkon yaratib berib qöyibdi.
Barça xalqlarning urf-odatlari va anʼanalariga hurmat nazari bilan qaragan holda öz ona tilimizning imlosini, adabiyotimizni istagança örganmoqmoqdamiz. Bu borada adabiy-badiiy tadbirlar ötkazilmoqda.
Mana şunday tadbirlardan biri 8-fevral kuni 45-sonli umumtaʼlim maktabida bölib ötdi.
Keçada qozoq sinfi öquvçilari qozoq xalqining buyuk adibi Muqağaliy Maqtayevning 90 yillik yubiley tantanasini nişonlaş uçun yiğilişdi. Keçaga ota-onalar, maktabning sobiq öqituvçilari ham taklif qilindi.
Keçani maktab direktori Guloyim Qalandarova kiriş sözi bilan oçib berdi.
Adibning hayot yöli, ijodi haqidagi maʼruzalar tinglandi. Öquvçi-yoşlar şoirning şeʼrlaridan namunalar öqidilar. Ayniqsa, şoirning «Aqqular uqtağanda» şeʼriy dramasi ğoyatda taʼsirli böldi. Ona siymosi, uning farzand uçun iztiroblari mahorat bilan körsatib berildi.
Şoirning şeʼrlari öquvçilar va ota-onalar tomonidan dömbira jörligida juda ham maromiga yetkazilib ijro etildi.
Keça iştirokçilari şoirning ijod mahsullari bilan yanada yaqinroq tanişdilar.
Keçani maktabning qozoq tili va adabiyot fani öqituvçisi Zaynab Yelavova va boşlanğiç sinf öqituvçisi Gulnur Bekmuratovalar tayyorladilar. Bundan öquvçilarning ota-onalari juda mamnun bölişdi va kötarinki kayfiyat bilan keça taşkilotçilariga minnatdorçilik bildirdilar.
Mana şunday keçalar tez-tez taşkil etilib tursa, öquvçilar har bir adib haqida yanada çuqur maʼlumotlarga ega bölar, şoirlar hayotiga yaqindan yondaşar edi. Qolaversa, maktab, oila va mahalla orasidagi özaro munosabat riştalari yanada mustahkam bölar edi.
***
25-sonli maktabgaça taʼlim maskanida 30-yanvar kuni tarbiyalanuvçilarning ota-onalari va tarbiyaçilar hamkorligida navbatdagi ota-onalar yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda taʼlim maskanining mudiri Baxtiyor Eşimbetov bola tarbiyasida ota-ona va bolalar muassasaning örni va ahamiyati, undagi tarbiya intizomi, şart-şaroitlar haqida gapirdi. Şuningdek, MTT hamşirasi Tamara Usenboyeva bolalarning ozodaligi va vitaminlarga boy oziq-ovqatlar bilan töğri, vaqtida ovqatlanişi soğlom farzand tarbiyasida muhim örin egallaşini taʼkidladi.
Ota-onalar nomidan Dilbar Aqmanova gapirib, qaçonki mahalla, oila va tarbiyaçilar hamjihatlikda iş olib borsalar, davr ruhiga mos farzandlar tarbiyalanişi, jamiyatimizdagi har bir inson farzand tarbiyasiga masʼullik tuyğusi bilan yoşdaşişi zarurligini, ota-onalar farzand tarbiyasiga befarq bölmasligi kerakligini qayd etdi.
- Ularning har bir harakati va qiziqişini eʼtibordan çetda qoldirmay ogoh bölsak, bu borada közlangan maqsadimizga erişamiz, - dedi u.
Muzokaralarda sözga çiqqan ota-onalar farzandlari tarbiya topayotgan maskan xodimlariga öz minnatdorçiligini bildirdilar.
Yaqinda mazkur MTT tarbiyalanuvçilaridan ikki nafari Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirligi tomonidan ötkazilgan jajji rassomlar tanlovida faxriy yorliq bilan taqdirlanganidan ota-onalar mamnun böldilar.
Yiğiliş özaro hamjihatlikda ötdi va tegişli qarorlar qabul qilindi.
Jumagul QÖŞJANOVA, mehnat faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶